Bizning telegram kanalimiz


Download 25.06 Kb.
Sana22.06.2020
Hajmi25.06 Kb.
#120990
Bog'liq
Fonetika testlar


Bizning telegram kanalimiz: @Tilshunoslar_uchun

FONETIKA yuzasidan testlar:

  1. Quyida berilgan gapdagi ochiq bo'g'inlar sonida ishtirok etgan lablanmagan unlilar sonini aniqlang.

Derazamning oldida bir tup o'rik oppoq bo'lib gulladi…

    1. 5 B) 7 C) 6 D) 8



  1. Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi?

    1. Bir vaqt qarasam, yig'layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi.

    2. Ko'z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg'itib o'ynatayotgan polvonlar ketmasdi.

    3. Ayriliq ham sinovdir, bolam. Sabr qiling, xalq orasida o'z obro'yingizga egasiz, shunday ekan hozircha faqat kutganingiz ma'qul.

    4. Otaxon, singlimning ko'ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga qo'ldan kelgancha qarab, yordam berib turing.



  1. Quyida berilgan qaysi gapda asosi yasama sifat bo'lgan, fonetik qoida asosida yozilgan ot so'z turkumiga tegishli so'z ishtirok etgan?

    1. Yurtimiz tinchligini o'ylar ekansiz-u, shu tinchlik, avvalo , uyingizdan boshlanishini unutib qo'yibsiz-da?!

    2. Sarg'aygan yaproqlarga qarar ekanman, allaqachon kuz kirib kelganini, ammo hali hamon qalbimda sovuq qishning tafti ufurib turganini his qildim.

    3. Uning bu sokinligi qandaydir g'ayritabiiy tuyular, ko'zlari mayus yerga qarardi.

    4. Go'yoki olamshumul xabarni eshitgandek baqirib yubordi.



  1. Til oldi, jarangsiz, portlovchi undosh so'z yasovchi qo'shimcha vazifasini bajargan qatorni belgilang.

    1. Salima qo'lidagi supurgisini yerga qo'ydi-da sekingina jo'mrakni burab chelagiga suv to'latdi.

    2. Kecha shuncha pulni kimdan to'latgan edingiz? Ishonmasangiz, mana, ko'ring! Hisob raqamiga pul o'tkazilmagan.

    3. Qorli tog'lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida.

    4. Men mast bo'lib qoldim bu kecha, Sil o'pkamni ancha yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha, Dilginamni rosa sayratdim.



  1. Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o'zaro ta'siri natijasida o'zgarishlarga uchrashiga nima deyiladi?

    1. Metateza

    2. Fonetik hodisalar

    3. Assimilatsiya

    4. Tovushlar moyillashuvi



  1. Yangidan o‘zida kuch-g’ayrat tuyardi, kelajagiga, o‘z maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi.

Berilgan gap tarkibida fonetik o'zgarish asosida yozilgan so'zlar haqida to‘g‘ri fikrni toping.1) Ushbu gap tarkibida fonetik o'zgarish bo’lmagan.2) Fonetik o‘zgarishga uchragan so'zlarda tovush tushgan va almashgan.3) Fonetik o‘zgarishga uchragan so'zlar soni 3 ta. 4) Fonetik o'zgarishga uchragan barcha so'zlarda tovush tushgan.

    1. 1,2,3 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,2,3,4

  1. Yomg'irdan keyin osomonda paydo bo'ladigan kamalak jahondagi jamiki ranglarni yettita ipga tortib turganga o'xshaydi.

Ushbu gapda qatnashgan sonorlar miqdorini aniqlang.

    1. 18 B) 19 C) 21 D) 17

  1. Quyida berilgan gaplarning qaysilarida faqat tovush tushish hodisasi kuzatiladi?

  1. Eng yaxshi yo'l shuki, yaxshi do'st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi.

  2. Shu onda qarsaklar chalindi-yu, hamma o'rnidan turdi.

  3. Daryo tomondan guvillab esib turgan shabada yo'l bo'yidagi o't-o'lanlarni tebratar, hamda sarg'ayib borayotgan arpalar undan mavj urar edi.

  4. Oraga shunday jimlik cho'kdiki, yuragi gupillab urayotgani aniq eshitila boshladi.

  5. Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko‘p ediki, hali oxiriga yetolmasday ko‘rindi.

    1. 1,3,4,5 B) 2,4,5 C) 1,2,3,5 D) 1,2,5

  1. Barchamizga ma’lumki, inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg'usi ildiz otib, ulg'aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo‘lsa, tug'ilib o'sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo'ladi.

Ushbu gapda fuziya hodisasiga uchragan yasama so'zlarning asosi qaysi so'z turkumiga tegishli?

    1. Olmosh, ot, ot, sifat B) Olmosh, sifat C) Ot, sifat, fe'l D) Olmosh, ot, sifat

  1. G'ayratlining yuragi qaynar, G'ayratsizning yuragi o'ynar.

Ushbu gapda fonetik hodisaga uchragan so'zlar gapda qanday sintaktik vazifa bajarganini aniqlang.

    1. Aniqlovchi, ega, ega B) Ega, ega, kesim C) Aniqlovchi, ega, kesim D) Ega, kesim, ega, kesim

  1. Quyidagi qaysi so'zlarga bo'g'iz undoshini qo'yib bo'lmaydi?

  1. ayol 2. A…loq 3. …iringlamoq 4. Ma…liqo 5. …abash

    1. 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 2,4,5 D) 1,2

  1. Quyida berilgan gaplarning qaysi birida fonetik hodisa asosida yozilgan so'zning paronimi mavjud?

    1. Kenja singlim Umida hozirda Do'mbirabodda yashaydi.

    2. Uning yolg'on so'zlagani ko'zlaridan ayon edi.

    3. Yulduzlarni xayolida sanab ko'rdi: yulduzlar xira miltillab turaverdi.

    4. Necha yilki nazmiy saroyni titratadi zanjirband bir sher…

  2. Quyida berilgan qo'shma gaplarning qaysi birida yasama so'zning ochiq bo'g'ini quyi keng unli bilan tugagan?

    1. Eng yaxshi talabalar yurtimiz poydevori sanaladi.

    2. Hujrasiga qaytdi-yu, o'ylay boshladi.

    3. Anor so'zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday qaltirar.

    4. Sen ilmni qadrla, u seni ko'klarga ko'taradi.

  3. Qaysi qatorda qator undoshli so'zlar berilgan?

    1. Qadrlamoq, kadrlar, sabrsizlik

    2. Tong, tungi, kongress

    3. Do'sti, barglar, proza

    4. Orfografiya, o'simlik, baxtimiz

  4. Segment birliklar berilgan qatorni toping.

    1. Urg'u, tovush, so'z

    2. Gap, so'z birikmasi, so'z

    3. Urg'u, to'xtam, nutqning emotsional bo'yog'i

    4. Vergul, nuqta, ikki nuqta

  5. Qaysi gapda sirg'aluvchi Sh undoshining jarangli jufti berilgan?

    1. Jo'jani kuzda sanaydilar.

    2. Amirimizga yaxshi mujda keltirdik.

    3. Jamiyatimizda fuqarolar ongi yuksalib bormoqda.

    4. Jadidlarimiz yangi usul maktablarini ochishgan.

  6. Qaysi qatorda sonor tovushlardan biri so'z yasovchi bo'lib kelgan?

    1. Bu ko'zlar nimani ko'zlar?

    2. Tilshunoslikda eskirgan so'zlar ikki guruhga ajratiladi.

    3. Oqar daryo oqmay qolmas.

    4. Nima bo'lsa bo'lar, oxirgi qarorni men qabul qilaman.




  1. Keng unlilar o'rni almashtirilganda yangi so'z hosil bo'ladigan so'z ishtrok etgan qatorni belgilang.

    1. Bunday xulosaga kelishingizga nima majbur qildi?

    2. Xonadagi gullarni shamollatish uchun derazani ochdim.

    3. Hammaning jahlini chiqargan bu bola Rahimjonning o'g'li — Salim.

    4. Ko'chada devonaning ovozi goh-goh eshitilardi.

  2. Sanoqsiz soniyalardan so'ng uning kimligi aniq bo'ladi.

Ushbu gap haqida berilgan to'g'ri hukmlarni aniqlang.

    1. Gapda fonetik qoida asosida yozilgan jami 2 so'z qatnashgan.

    2. Gapda 2 o'rinda tovush almashinishi hodisasi kuzatiladi.

    3. Tovush almashinishi faqat so'z yasovchi qo'shimcha ta'sirida sodir bo'lgan.

    4. Fonetik qoida asosida yozilgan so'zlar aniqlovchi va ega vazifasini bajarib kelgan.

    5. Bir keng unli boshqa bir keng unliga almashishini ko'rishimiz mumkin.

    1. 1,2,4,5 B) 1,3,5 C) 1,4,5 D) 1,2,3,4,5

  1. Qaysi ergashgan qo'shma gapning ergash gap qismida yasama so'z fonetik o'zgarishga uchragan?

    1. Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomalada bo'ling.

    2. Shunday yashangki, hamma havas qilsin.

    3. Uning bunday odati yo‘q edi, shuning uchun yigit hayron bo'lib turibdi.

    4. Uning qiziq tabiati shuki, yig'layotgan chaqaloqni tezda ovuta oladi.

Download 25.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling