4. mashg‘ulot. Sharobbop uzum navlari tavsifi bilan tanishish
Download 38.91 Kb.
|
4-amaliy. SHAROBBOP UZUM NAVLARI TAVSIFI BILAN TANISHISH (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-TOPShIRIQ.
4. mashg‘ulot. SHAROBBOP UZUM NAVLARI TAVSIFI BILAN TANISHISH MASHG’ULOT MAQSADI. Sharobbop uzum navlari xaqda umumiy malumotga ega bo‘lish. UMUMIY MA’LUMOT. Butun dunyoda etishtiriladigan tokning 4 mingga yaqin navi ma’lum bo‘lib, ularning 400 navi O’zbekistonda o‘stiriladi. Uzum navi ishlatilishiga qarab sharobbop, mayizbop va xo‘raki navlarga bo‘linadi. Sharobbop – navlarning uzum shingili katta bo‘lmaydi, turli shakl va rangda bo‘ladi. 1-TOPShIRIQ. Uzumni turli xil nav xususiyatlarini urganish, xosildorligi, o‘suvchanligi, sharoitga moslanuvchanligi va sifat ko‘rsatkichlarini urganish. Aliatika – Italiyadan keltirilib, O’zbekistonning viloyatlarida o‘stirishga moslashtirilgan, o‘rta tiplar sharobbop uzum navi. Uning boshog‘ining bosh kismi konussimon tubli tsilindr shaklda bo‘lib o‘rtacha kattalikka ega. Mevalari dumaloksimon kuk-kizgish tuslidir. Uning magzi muskat xidli shirin mazalidir. Bunday uzum navining 1000 kgdan 75dkl (750l) sharbat olinadi. Ushbu navli uzum boshog‘ining o‘rtacha ko‘rsatkichlari: ogirligi 202gr, donlari soni 96 ta, sinchalari 4,5%, urugi 2,2, sharbat miqdori 84,1%. Uzum navining bu navi sentyabr oyining urtalarida pishadi, tarkibidagi qand miqdori 25-29%, kislotaligi 4-7g gacha bo‘ladi. Bunday uzumdan portveyn hamda yuqori sifatli dessert tipidagi sharoblar tayyorlanadi. Aligote – Frantsiyadan keltirilib, O’zbekistonga ustirishga moslashtirilgan bo‘lib, urtapishar sharobbop uzum navi hisoblanadi. Uzum boshog‘i urta xolatda, mevalari tigiz, yirik shaklda ok-kukish tusli, jigar rang doglari mavjud. Bunday uzum navining 1000 kg dan 75 dkl sharbat olinadi. Ushbu navli uzum boshog‘ining o‘rtacha ko‘rsatkichlari: ogirligi 146gr, donalar soni 93, singa-4,4%, urugi3,3%, pusti 4,5%, sharbat miqdori 87,8%. Uzumning bu navi avgust oyining oxirlarida pishadi, tarkibidagi qand miqdori 19,2-25,0%, kislotaligi 6,2-8,1 g/l cha bo‘ladi. Uzum hosilidan sof va shampan sharoblari, shuningdek konyak uchun spirt tayyorlanadi. Download 38.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling