4. mashg‘ulot. Sharobbop uzum navlari tavsifi bilan tanishish
Download 38.91 Kb.
|
4-amaliy. SHAROBBOP UZUM NAVLARI TAVSIFI BILAN TANISHISH (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayan shirey
Baxtiyoriy – jaydari sharobbop uzum navi. Uzum boshog‘i tsilindr-konussimon shaklda bo‘ladi. Mevalar o‘rtacha tuxum shaklda bo‘lib, sargish yashil tusli, magizli va shirin sharbatlidir. Pustlari yupka kalinlikka ega.
Ushbu navli uzum boshog‘ining o‘rtacha ko‘rsatkichlari, ogirligi 510 gr, sinchalar 3,0% pustlogi 2,8% urugi 0,6%. Uzumning bu navi sentyabr oyining boshlarida etiladi, qand miqdori 18%, kislotaligi 5,6g/l ni tashkil etadi. Uzum hosilidan mussalas, shampan va konyak tayyorlash uchun sharob material olinadi. Buvaki – jaydari sharobbop uzum navi. Uzum boshog‘i katta shaklda uzunchok konussimon bo‘ladi. Mevalar o‘rtacha dumalok xolatda, ochyashil va sargish tuslidir, magzi shirin mazali, pustlogi kalindir. Ushbu navli uzum boshog‘ining o‘rtacha ko‘rsatkichlari: ogirligi 247 gr, sinchalar 4,0 %, pustlogi 3,5%, urugi 3,5%, sharbat miqdori 89,0% Uzumning bu navi sentyabr oyining boshlarida etiladi, tarkibida 22-24% cha qand va 4,0-5,5 g/l miqdorda kislota bo‘ladi. Uzumdan Buvaki deb nomlangan desert sharobsi tayyorlanadi. Bishti – jaydari iste’mol va sharobbop uzum navi. Uzum boshog‘i o‘rtacha xolatda, tsilindr konussimon shaklda bo‘lib, donalar tigiz joylashgan. Mevalari o‘rtacha, dumalok shaklda yashil-sargish tuslidir, pustlogi yupka, bunday uzum navining 1000 kg 75 dkl sharbat olinadi. Ushbu navli uzum boshog‘ining o‘rtacha ko‘rsatkichlari-ogirligi 350gr sinchalar 2,6% urugi 36, pusti va magzi 7,6%. Uzumning bu navi sentyabr oyining oxirlarida etiladi, tarkibida 19-21,3% gacha qand. Va 5,2-7,0 g/l kislota bo‘ladi. Uzum hosilidan portveyn, modera va dessert tipidagi sharoblar tayyorlanadi. Bayan shirey – Ozarbayjondan keltirilgan. O’zbekistonda ustirishga moslashtirilgan, kech pishar uzum navi. Uzum boshog‘i tsilindr-konussimon shaklda bo‘lib, donalar o‘rtacha xolatda tigiz joylashgan. Mevalar dumalok shaklda, yashil-sarik tusli, usti mum bilan koplangan, pustlogi o‘rtacha kalinlikda bo‘ladi, sirtida mayda nuktalari mavjud. Ushbu navli uzum boshog‘ining ko‘rsatkichlari, ogirligi 243,4 %gr, sincha 1.2%, urugi 4,1%, pustlogi 8,9%, sharbat miqdori 85,8%. Qand miqdori 25% gacha. Uzumdan musallas, kuchli va shampan sharoblari tayyorlanadi, shuningdek uning musallasi konyak tayyorlash uchun sharobmaterial sifatida ishlatiladi. Morastel – Ispaniyadan keltirilib, O’zbekistonda o‘stirilgan sharobbop kechpishar uzum navi hisoblanadi. Uzum boshog‘i o‘rtacha, tsilindrsimon shaklda bo‘lib, donalar zichligi o‘rtachadir. Mevalari dumalok shaklda, kuk kora tuslidir, sirti kalin mum katlami bilan koplangandir. Pustlogi kalin va mustaxkam bo‘lib rang beruvchi moddalarga boydir. Ushbu navli uzum boshog‘ining ko‘rsatkichlari kuyidagicha: ogirligi 193 gr, sincha 7,2% urugi 4,0%, pustlogi 3,9% sharbat miqdori 84,9%. Uzumning bu navi sentyabr oyining boshlarida etilib, unda 24-25% qand, oyning urtalarida esa u 29-30% ni tashkil etadi. Uzum hosilidan kuchli va desert sharoblar tayyorlanadi. O’zbekistonda Marstel va Sapervi uzum navlari aralashmasidan kagor tipidan sharob tayyorlanadi. Download 38.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling