4-Mavz. Tog’ay to’qimalari. Reja
Tog’ay to`qimaning rivojlanishi
Download 95.95 Kb.
|
4-Mavz. Tog’ay to’qimalari.
Tog’ay to`qimaning rivojlanishi (XONDRIOGISTOGENEZ) va rеgеnеratsiyasi
Tog'ay to'qimasi embrion davrida mezenximadan rivojlanadi.Bo'lajak tog'ay to'qimasi hosil bo'ladigan joylarda mezenximahujayralari ko'payib, o'simtalarim yo'qotadi va bir-biriga zich yotadi.Mezenximaning bu qismi xondrogen yoki skeletogen kurtak deyiladi. 83- rasm. Tolali tog‘ay. Umurtqalararo diskdan tayyorlangan.Gematoksilin-eozin bilan bo'yalgan (Ob. 20, ok. 10): 1 — kollagen tolalar; 2 — tog‘ay hujayralari. Keyingi bosqichda mezenxima hujayralari hujayralararo moddahosil qila oladigan tog’ay hujayralari — prexondroblast va xondroblastlarga differensiallanadi. Hujayralararo modda yangi hosil bo'ladigankollagen tolalar bilan birga tayanch vazifasini ham o'taydi. Hujayralararo moddaning shu davrda oksifil bo'yalishi bu hujayralar tomonidan fibrillyar oqsil ishlab chiqarilishiga bog'liq. Tog'ay hujayralarihujayralararo modda ishlab chiqarishni davom ettiradi va bir-biridanuzoqlashadi.Hujairalararo moddada yangi kollagen tolalarning shakllanishiamorf moddaning o'zgarishlari bilan bog'liq. Tog'ay hujayralariningkeyingi differensiallanishi amorf moddada glikozaminoglikanlaming(asosan, xondroitinsulfatlaming) sintezlanishiga olib keladi. Xondroitinsulfatlar nofibrillyar oqsillar bilan birikib, proteoglikanlami hosilqiladi. Proteoglikanlar amorf modda va kollagen tolalarga shimiladi,natijada, kollagen tolalar oddiy mikroskop ostida ko'rinmaydiganbo'lib qoladi.Yosh tog'ayning hujayralari mitotik bo'linishda davom etib, yangi-yangi hujayralarni hosil qiladi. Bu hujayralar izogen gruppalarnivujudga keltiradi. Bu jarayon tog'ayning ichki tarafdan o'sishinibelgilaydi. Intussussepsion yoki interstitsial (lat. intus-ichki, suscipio- ishtirok) o'sish go'daklik davrida va yosh bolalarda kuzatiladi. Skeletogen kurtakni o'rab turgan mezenxima hujayralari hamko'payishda davom etadi va hujayralararo modda hosil qiladi.Natijada, skeletogen kurtak bu hujayralar hisobiga ham kengayadi.Tog'ayning bu usulda o'sishini appozitsion(latincha appositi - tashqitarafdan) o'sish deyiladi. Tog'ay kurtakni qoplab turgan mezenximahujayralari zichlashadi va tog'ay usti pardasini hosil qiladi. Tog'ayo'sishining oxirgi bosqichida to'qimaning o'sishi va uning oziq bilanta’minoti orasida tafovut ro'y beradi. Tog'ay markazidagi hujayralarko'payishdan to'xtaydi. Proteoglikanlar esa oksifil bo'yaluvchi oddiyoqsil - albuminga aylanadi. Qari kishilarda va kasallarda tog'ayhujayra oraliq moddasiga kalsiy tuzlari o'tirishi natijasida asbestlidistrofiya hosil bo'ladi. Ba’zi hollarda (kuchli rivojlangan distrofiyada)tog'ay ichiga qon tomirlar o'sib kirib, tog'ay to'qimasining suyakto'qimasiga aylanishi kuzatiladi.Turli ta’sirlar natijasida jarohatlangan tog'ay regeneratsiya qobiliyatiga ega. Tog'ay regeneratsiyasida perixondrda joylashgan hujayralar muhim o'rin tutadi. Bu hujayralar tog'ay hujayralariga aylanadi,ular orasida esa tog'ayning hujayralararo moddasi shakllanib, jarohatlangan tog'ay tiklanadi. Download 95.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling