A R I Z A - A R I Z A
- Ariza insonlar hayotida eng ko‘p foydalaniladigan hujjat hisoblanadi. Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yoziladi.
- Arizaning tarkibiy qismida quyidagilar bo‘ladi: ariza yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbarining nomi; arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi; shundan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar
- lozim bo‘lsa, arizaga ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismi-familiyasi, ariza yozilgan vaqt.
Namuna*: - Namuna*:
-
- Samarqand tibbiyot kolleji
- direktori Ya.N.Allayorovga
- Sug‘diyona massivi
- 14-uy,6-xonadonda yashovchi
- Amirova Marhabo tomonidan
-
- A R I Z A
-
- Meni akusherlik va ginekologiya bo‘limiga o‘qituvchilik vazifasiga qabul qilishingizni so‘rayman. Arizaga oliy tibbiy ma'lumot haqidagi diplom, mehnat daftarchasi, so‘rovnoma va yashash joyidan ma'lumotnomani ilova qilyapman.
-
- _______________ AMIROVA M.
- 2003.15.02.
- Arizalar mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiylashtirish shakli yuqoridagi tartibda bir xil, ayni paytda, aniq va qisqa yozilgan bo‘ladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |