4-mavzu. 1945-2015 yillarda Xitoy, Pokiston va Hindiston
Download 130.44 Kb.
|
4-mavzu.
ham kuchli armiya tuzishga urindilar. Pokiston 1954-yilda SEATO, 1955- yilda esa Bag‘dod pakti (keyinchalik SENTO) ga a’zo bo‘lib kirdi. Britaniya mustamlakachiligining og‘ir oqibatlari, katta harbiy xarajat Pokistonning iqtisodiy jihatdan sekin rivojlanishiga, agrar davlatligicha qolishiga sabab bo‘lgan. Bu esa muhim ijtimoiy sohalarni (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot va boshqalarni) zarur mablag‘ bilan ta’minlashga imkon bermagan. Aholi turmush sharoitining og‘irligi, boshqa millatlar huquqlarining kamsitilishi mamlakatdagi ichki ahvolni yanada murakkablashtirdi. Pokiston hukumati mamlakatning butun hududida urdu tilini davlat tiliga aylantirishga urindi. Sharqiy Pokiston (hozirgi Bangladesh)da asosan bengallar yashar edi. Biroq ular davlat xizmatchilarining atigi 10 foizini tashkil etardilar. Sharqiy Pokiston iqtisodiga butun davlat budjetining uchdan bir qismi, ta’limga esa o‘n oltidan bir qismi sarflanar edi. Bu hududdan qilingan eksport natijasida davlat xazinasiga tushgan valuta asosan G‘arbiy Pokiston ehtiyojlari uchun sarflanardi. Bu hol, tabiiyki, Sharqiy Pokistonda milliy harakatni vujudga keltirgan. Bu harakatni Xalq Ligasi partiyasi boshqargan. Mamlakatdagi bu ichki ahvolni adolatli hal etish o‘rniga hukmron Musulmon Ligasi partiyasi repressiya, zo‘ravonlik siyosati bilan javob qaytardi. 1954-yilda Sharqiy Pokistonda qonuniy yo‘l bilan hokimiyat tepasiga kelgan Birlashgan front hukumati ag‘darib tashlandi. Ayni paytda Pokiston parlamenti tarqatib yuborildi. Butun mamlakat hududida favqulodda holat joriy etildi. 1956-yil 23-martda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko‘ra, Pokiston Islom Respublikasi deb e’lon qilindi. Konstitutsiyada mamlakat prezidenti musulmon kishi bo‘lishi kerak, deb belgilab qo‘yildi. 1958-yilga kelib davlatning iqtisodiy ahvoli yanada yomonlashdi. Aholi turmush darajasi pasaydi. Natijada aholining o‘z haq-huquqi uchun kurashi Download 130.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling