4-mavzu. 1945-2015 yillarda Xitoy, Pokiston va Hindiston


Download 130.44 Kb.
bet4/8
Sana31.10.2023
Hajmi130.44 Kb.
#1735464
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu.


kuchaydi.
Ayni paytda turli siyosiy guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi. Mamlakatda korrupsiya avj oldi. Bu hol hukumat beqarorligini keltirib chiqardi. Mamlakatni chuqur iqtisodiy va siyosiy tanglik qamrab oldi. Shunday sharoitda Pokiston armiyasi qo‘mondonligi hokimiyatni qo‘lga olishga qaror qildi. Ular 1958-yil 27-oktabrda davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar. Butun hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni general (1959-yildan — feldmarshal) M. Ayubxon qo‘liga o‘tdi. Mamlakatda harbiy holat o‘rnatildi. 1960-yil fevralda saylovlar o‘tkazilib, Ayubxon g‘alaba qildi.
M. Ayubxon hukumati siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqlab qo‘ydi. Ommaviy axborot vositalariga
nisbatan qattiq senzura o‘rnatdi. Ayni paytda mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan qator islohotlar boshlandi. Chunonchi, 1959-yilda agrar islohot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, katta yer egaligi 500 akr (200 gektar) hajmida cheklab qo‘yildi. Ortiqcha yerlar sotib olindi va ular kam yerlilarga sotildi. Bundan tashqari, hukumat qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Sanoat, savdo, soliqqa tortish sohasida
o‘tkazilgan qator tadbirlar ishlab chiqarishning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratdi. Bu omillar Pokistonning iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirdi. Biroq islohotlarning cheklanganligi va izchil bo‘lmaganligi Pokistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga imkon bermadi. Chetdan millionlab tonna oziqovqat mahsulotlari keltirishga majbur bo‘lindi. Mamlakatda harbiy holat uzoq davom etishi mumkin emas edi. Buni tushunib yetgan M. Ayubxon 1962-yil 8-iyunda harbiy holatni bekor qildi.
Download 130.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling