2.2- rasm. 8-avtobus saroyi avtobuslarining ishga chiqish va qaytish chizmasi (16.01.2006- dushanba).
2.2 – rasmda Toshkent shahridagi 8-Avtobus saroyi avtobuslarining ishga chiqish va qaytish chizmasi keltirilgan. Nazorat o’tkazilgan kuni 88 ta avtobusdan 84 tasi ishga chiqqan. Eng ko’p yo’lovchi bo’ladigan soatlarda (7...9, 18...20) yo’nalishlardagi avtobus-larning soni eng ko’p bo’lgan.
3. TS ishlarini o’tkazish usulini tanlash
TS postlari texnologik vazifalariga ko’ra universal va maxsuslashtirilgan postlarga ajratiladi. Universal postlarda hamma yoki ishlarning ko’pchiligi bajarilsa, maxsuslashtirilgan postlarda bir yoki bir nechta operastiyalar bajariladi.
Universal postlarda turli rusumli va ish hajmlari har xil bo’lgan avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish mumkin.
TS ishlarini oqimli qatorda tashkil etish ilg’or usullardan bo’lib, u quyidagilarni ta’minlaydi:
- ishchi postlar maxsuslashtirilishi hisobiga ish hajmi qisqaradi va mehnat unumdorligi oshadi;
- texnologik jihozlardan foydalanish darajasi oshadi;
- ishlab chiqarishning uzluksizligi va sur’atliligi, ishlab chiqarish va mehnat intizomini ko’taradi;
- ishlarning sifati oshadi, tannarxi esa kamayadi;
- ishchilarning mehnat sharoiti yaxshilanadi va ishlab chiqarish maydonlari qisqaradi.
Ishlarni oqim qatorida bajarish uchun ma’lum sharoitlar bo’lishi kerak. Bularga quyidagilar kiradi:
Ishlarni oqim qatorida bajarish uchun ma’lum sharoitlar bo’lishi kerak. Bularga quyidagilar kiradi:
- yetarli maydon va shularga mos rejalashtirilgan xonalar;
- xizmat ko’rsatilayotgan avtomobillarning bir xil rusumliligi;
- etarli kunlik ishlab chiqarish dasturi;
- avtomobillarni TXK ga yuborish jadvaliga rioya qilinishi;
- ishlarni maksimal mexanizatsiyalashtirishi;
- ehtiyot qism va materiallar bilan o’z vaqtida ta’minlanishi;
- TXK-1 yoki TXK-2ga avtomobilni qo’yishdan oldin JT ishlarining bajarilishi.
TXK ishlarining oqimli qatorlarda o’tkazilishining asosiy omillaridan biri TXK turlari bo’yicha kunlik reja miqdoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |