4-mavzu 4-mavzu Texnik servis va joriy ta’mirlash mintaqalarini hisoblash
4-mavzu
4-mavzu
Texnik servis va joriy ta’mirlash mintaqalarini hisoblash
REJA
1. Ishlab chiqarish mintaqalari, ustaxonalari va omborxonalarining ish tartibini tanlash.
2. Avtomobillarning ishga chiqish va ishdan qaytish jadvalini tuzish.
3. TS ishlarini o'tkazish usulini tanlash.
4. KXK, TS, D va JT mintaqalarini hisoblash.
1. Ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalarining ish tartibini tanlash
TS, JT va tashhislash mintaqalari hamda ishlab chiqarish ustaxonalarining ish tartibi, yillik ish kunlari, kunlik ish vaqti davomiyligi (ishchi almashinuvlar soni va davomiyligi) bilan belgilanadi (2.25, 2.26 - jadvallar).
2. Avtomobillarning yo’lga chiqish va qaytish grafigini tuzish
Mintaqalarning ish tartibi avtomobillarning ishga chiqish va ishdan qaytish jadvali bilan muvofiqlashtirilishi lozim.
Chizma kunning istalgan vaqtida yo’lda va ATK da bo’lgan avtomobillar haqida aniq ma’lumot beradi. Bu esa TS ishlarining maqbul vaqtini tanlash imkonini beradi.
KXK, TS-1 ishlari almashinuvlararo vaqtda bajariladi. TS-2,TS-3 va TS-4 ishlari kunduzi 1 yoki 2 almashinuvda o’tkaziladi.
Almashinuvlararo vaqt, ishdan qaytgan birinchi avtomobil bilan ishga chiqqan oxirgi avtomobil orasidagi davrni bildiradi va quyidagicha aniqlanadi:
TAO 24 - (TI TT - Tchiq), soat (2.71)
bu erda TI – ish vaqti, soat; TT - haydovchining tushlik vaqti, soat;
Tchiq - avtomobillar ishga chiqish vaqti, soat.
JT mintaqasining ish tartibi 2 almashinuvni tashkil etiladi va shundan birinchisida hamma ishlab chiqarish ustaxonalari, yordamchi ishlar xonalari va JT postlari ishlaydi, qolganlaridan faqat zarurlari ishlaydi.
2.2 – rasmda Toshkent shahridagi 8-Avtobus saroyi avtobuslarining ishga chiqish va qaytish chizmasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |