h). Texnik xonalar maydoni
Texnik xonalarning maydon yuzalarini quyida keltirilgan me'yorlarda qabul qilish mumkin:
- shamollatish xonasi - 20 - 48 m2
- transformator xonasi - 15 - 25 m2
- qozonxona - 50 -100 m2
- kompressor xonasi - 20 - 25 m2
z). Omborlar maydonining yuzasi
Fo Ai Ly fs Kxq Ks Ka 10-6 , m2
bu yerda: fs - omborlarning ATK dagi barcha avtomobillarning har 1mln. km. yurilgan yo'lga to'g'ri keluvchi solishtirma yuzasi, [14-ilova]
Kxq , Ks, Ka - avtomobillar turini, sonini va turliligini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
TASHHISLASH MINTAQASINI HISOBLASH
1. Vazifasi – TXK va JT texnologik jarayonida tashhislashni ta’minlash.
Bajariladigan ishlar tavsifiga ko’ra ikki ga bo’linadi:
– Tashxis -1 (TSh-1) - avtomobillarning harakat xavfsizligini ta’minlovchi uzel va mexanizmlarni tashhislash;
– Tashxis -2 (TSh-2) - avtomobilni barcha elementlari bo’yicha chuqur tashhislash.
2. Hisoblash uchun ma’lumotlar:
– ishchining nominal yillik ish vaqti fondi, soat;
– almashinuvlar soni – mi ;
– tashxislash ish hajmi – Ttsh-1y, Ttsh-2y , ishchi-soat.
3. Tashhislash ishlarini quyidagicha o’tkazish tavsiya qilinadi:
– 50 tagacha avtomobili bo’lgan ATKlarda - ko’chma asbob yordamida, TXK va JT postlarida;
– 200 tagacha avtomobili bo’lgan ATKlarda Tashxis-1, Tashxis-2 ishlari-universal postlarda;
– 200 dan ortiq avtomobili bo’lgan ATK larda – ixtisoslashgan postlarda yoki oqimli qatorlarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |