4-mavzu: Amir Temur va temuriylar davri ma’naviyati Reja
Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan moddiy va ma’naviy
Download 460.42 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
3. Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan moddiy va ma’naviy
meros Yurtimizda mustaqillik yillaridan boshlab qadriyatlarimizning tiklanishi bilan ilm- fan sohasida faoliyat ko‘rsatgan ko‘pgina allomalarning yubileylari o‘tkazildi. Shunday allomalardan biri Mirzo Ulug‘bek (1394-1449)ning 600-yilligi 1994 yilda YuNESKO tomonidan nishonlangan edi. Mana bu yil ham olimning 625- yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida Mirzo Ulug‘bek haqida shunday fikrlarni bildiradi: “Buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo‘lishdek o‘ta mas’uliyatli vazifa aynan Ulug‘bekka nasib etdi. Mirzo Ulug‘bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori sifatida xalqning azaliy orzusi – tinchlik, totuvlik, ilm- fan va madaniyatni taraqqiy toptirish yo‘lida ulkan shijoat va matonat ko‘rsatdi 18 . Mirzo Ulug‘bek temuriyzodalar ichida fan va madaniyat taraqqiyotiga eng ko‘p va salmoqli hissa qo‘shgan hukmdordir. U Samarqandda birinchi falakiyotshunoslik akademiyasiga asos solgan siymo sifatida dunyoga nom taratadi. Bu haqdagi fransuz yozuvchisi Volter (1694-1778) so‘zlarini eslaymiz: “Ulug‘bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, yer 17 Temur tuzuklari. – T., 1991. – B. 53-54. 18 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008, 46- bet. kurrasini o‘lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda ishtirok etdi”. Bu haqda o‘z davrining yetuk olimlaridan G‘iyosiddin Koshiy Movarounnahrning ilm-fan markazlaridan biriga aylanganligi to‘g‘risida otasiga yozgan maktubida quyidagilarni keltiradi: “Hozir Samarqandda eng mashhur olimlar va hamma fanlarni o‘rgatuvchi mudarrislar yig‘ilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi matematiklardir. Shuningdek, bu yerda ko‘pgina astronomlar ham yig‘ilishgan” 19 . Ulug‘bek ham xuddi bobosi Amir Temur kabi binokorlik ishlarini davom ettirgan. Lekin uning yo‘nalishi boshqacha bo‘lib, Ulug‘bek, ko‘proq madaniy va ilmiy muassasalar qurish bilan shug‘ullangan. Masalan, u Buxoroda, G‘ijduvonda, Samarqandda madrasalar solib, ilm-fanning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Bu madrasalar orasida Ulug‘bek qurdirgan Buxorodagi madrasa (1417) eng birinchisi hisoblanadi. Bu madrasada Abdullaxon II davrida katta ta’mir ishlari olib borilgan. Abdurazzoq Samarqandiyning xabar qilishicha, Ulug‘bek (1419 yil 28 noyabrda) madrasaga kelib, ilm oluvchi talabalarga in’omlar ulashgan. Bizgacha Ulug‘bekning Buxorodagi madrasasi ancha o‘zgargan holda yetib kelgan. Darvoza tabaqalariga Qur’ondan olingan oyat – “Talab ul-ilma farizatun alo kulli muslimin va muslimatun”, ya’ni (Ilm olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir) degan iboralar o‘yib yozilgan. Bu yerda har bir erkak va ayolning ilm olishi farz ekanligi ta’kidlanadi. Fan, adabiyot va san’atning mashhur namoyandalaridan bo‘lgan “Zubdat ut-tavorix” asarining muallifi Hofizi Abro‘, “Yusuf va Zulayho” dostonining muallifi Durbek, qasidalar janrini yaratgan shoirlardan biri Sakkokiy, Lutfiy va boshqa ko‘pgina fan va madaniyat arboblari Ulug‘bek davrida yashagan va ijod qilganlar. Ulug‘bekning astronomiya ilmida qilgan kashfiyotlari haqida shuni aytish kerakki, Samarqand astronomiya maktabi va atoqli olimning olamshumul ixtirolari zaminida Sharq xalqlari, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarining zo‘r ilmiy va madaniy merosi yotadi. “Har qanday tarixiy shaxsning jahon maydonida paydo bo‘lishi, – deydi akademik T.N.Qori-Niyoziy, – hech vaqt tasodifiy bo‘lmay, balki uning ijodi ma’lum meros va ma’lum zamin asosida vujudga keladi. Shuning kabi, Ulug‘bek ijodining zamini ham, tabiiy, tasodifiy emas” 20 . Ulug‘bek va uning safdoshlari ana shu boy merosga tayanib ish tutdilar. Temuriylar sulolasi davrida ma’naviyat va ma’rifat rivojiga katta hissa qo‘shgan mutafakkirlardan biri Alisher Navoiy (1441-1501) hisoblanadi. O‘zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o‘zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O‘rta Osiyoning ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Birinchi Prezidentimizning ta’biri bilan aytganda: “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir” 21 . U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid 19 Yusupova D. Pismo Giyas ad-Dina Kashi k svoemu otsu iz Samarkanda v Kashan //Iz istorii nauki epoxi Ulugbeka. – T.: Fan, 1979, s. 46. 20 Kari-Niyazov T.N. Astronomicheskaya shkola Ulugbeka //Izbr. trudi: V 8 t. T. 6. – T.: Fan, 1967. s. 94. 21 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008, 47-bet. qirqdan ortiq asar yaratdi. “Chor devon”, “Xamsa”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Majolis un-nafois”, “Lison ut-tayr” va boshqalar shular jumlasidandir. Navoiy o‘z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo‘yadi. Odami ersang demagil odami, Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. Mazkur bayt Navoiy ma’naviyati va insonparvarligining markaziy nuqtasi desak, hech yanglishmaymiz. Navoiy butun umri davomida insonparvarlikni, odamiylikni kuylab, uni ulug‘lab o‘tgan. Kishilar g‘amida bo‘lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko‘rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo‘lgan. Uning qabrida mana bu so‘zlar bitib qo‘yilgan: “Shohi g‘aribon”, ya’ni g‘ariblar, yolg‘izlar, faqirlar shohi. Navoiy saxovat va muruvvatda benazir inson bo‘lgan. O‘zining joylardagi yer-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini to‘laligicha xayriya ishlariga sarflagan. Birgina Hirot shahrida o‘zining jamg‘armasi hisobidan qanchadan-qancha binolar, inshootlar barpo etgan. Injil kanalining janub tomonida katta tibbiyot o‘quv yurti va shifoxona barpo ettirgan, ularga taniqli tabib va dorishunoslarni jalb etgan. Ixlosi madrasasi yonida katta saroy qurdirib, undagi mehmonxonada kambag‘al beva-bechoralarni tekin ovqat bilan ta’minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming po‘stin va kiyim-kechak tarqatgan. Bundan tashqari, kanal qazdirib, Mashhad shahriga suv keltirgan. Navoiyning bundan qariyb 550 yil avval ilgari surgan g‘oyalari asrlar osha ahamiyatini, hayotiyligini yo‘qotgani yo‘q. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga, yirik dvlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql- zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatning eng nodir durdonalari bo‘lib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, “Aruz haqida”gi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Ma’lumki, Bobur 1527 yilda Hindistonda o‘zining hukmronligini o‘rnatadi. Yevropa tarixchiligida “Buyuk mo‘g‘ullar” nomi bilan “g‘alati mashhur” bo‘lgan, aslida “Boburiylar sulolasi” Hindistonda 332 yil hukmronlik qildi. Bobur bu g‘alabadan keyin uzoq yashamadi – 1530 yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga ko‘ra farzandlari uning xokini Kobulga olib kelib dafn etdilar. Biroq, qisqa vaqt ichida Bobur Hindistonda siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ishlariga homiylik qildi. Hindiston san’ati va me’morchiligida Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida Javaharla’l Neru shunday yozgan edi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san’atga, me’morchilikka toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir- birlariga tutashib ketdi”. Boburning butun jahon ommasiga mashhur bo‘lgan shoh asari “Boburnoma”dir. Asar asosan, uch qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi – XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealarni, ikkinchi qismi – XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, ya’ni Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealarni, uchinchi qismi – XVI asrning birinchi choragida Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bag‘ishlangan. Shuning bilan birga, asarda o‘z yurti Farg‘ona uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, O‘sh, Urganch, O‘ratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nodir ma’lumotlar keltirilgan. “Boburnoma” – Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini aks ettirish bilan birga, u yerdagi xalqlar, qabila, elatlar va ularning yashash sharoitlari, urf- odatlari, muhim tarixiy inshootlari – hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, to‘y va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir ma’lumotlarni o‘ziga qamrab olgan shoh asardir. Bobur o‘zbek adabiyotida o‘zining nozik lirik asarlari bilan ham mashhurdir. Uning she’riyatida Vatan tuyg‘usi, Vatan sog‘inchi, unga qaytish umidi mavj urib turgan. Tole’ yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, Har ishnikim, ayladim xatolig‘ bo‘ldi, O‘z yerini qo‘yib Hind sori yuzlandim, Yorab, netayin ne yuz qarolig‘ bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri jahon ilm-fani, ma’rifati va ma’naviyati rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Bunda ulug‘ bobomiz, davlat arbobi, sarkarda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos va benazirdir. Download 460.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling