4-mavzu: Amir Temur va temuriylar davri ma’naviyati Reja
Download 460.42 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
4-mavzu: Amir Temur va temuriylar davri ma’naviyati Reja: 1. Amir Temur - buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat soxibi. 2. “Temur tuzuklari”da ma’naviyat masalalari. 3. Amir Temur va temuriylar davridagi davlat boshqaruvida san’at, madaniyat, ma’rifat. Tayanch iboralar: Amir Temur, temuriylar, Mirzo Ulug‘bek, boburiylar, ma’naviyat, qadriyat, insonparvarlik (gumanizm), ma’rifatparvarlik, adolatparvarlik, fidoyilik, vatanparvarlik, jasurlik. 1. Amir Temur – buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi Amir Temur – buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtni, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. Amir Temur (1336-1405) zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o‘qisak, o‘rgansak, uning ko‘p yaxshi xislatlari: to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurda Vatanni sevish, xalqini ulug‘lash, faxrlanish va g‘ururlanish singari oliy ma’naviy fazilatlar barq urib turgan. Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiylarning “Zafarnoma”lari, Ibn Arabshohning “Temur hayotida taqdir ajoyibotlari” va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand- nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Amir Temurning xislatlarlaridan biri shu ediki, u biror masalani hal etishdan oldin shu sohaning bilimdon odamlari, olimlari bilan maslahatlashar, so‘ng qat’iy qaror qabul qilar edi. Uning olimlar bilan qiladigan maslahatlari har xil darajada va turli shakllarda bo‘lardi. Bu suhbatlarda hayotning muhim masalalari to‘g‘risida Movarounnahr va Xorazmdan tashqari, Oltin O‘rda, Xuroson, Hindiston, Eron, Iroq, Turkiya, shuningdek, butun G‘arb – Mag‘ribni o‘z ichiga olgan podshohlikka oid ishlar haqida gap borardi 1 . Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida yozilishicha, Amir Temur tomonidan bunyod etilgan Boilkan shahrida hijriy 806/ 1380 yilda chaqirilgan qurultoyi haqidagi ma’lumoti diqqatga sazovordir. Kengashda Temur nutq so‘zlagan. U o‘z nutqida shunday degan: “Fan va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat o‘rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Bu olijanob ishda menga yordam berishlaringizni iltimos qilaman” 2 . Amir Temur ilm-fan, ma’naviyat ahliga e’tibor, mehribonlik ko‘rsatib, ulardan jamiyat madaniy hayotida 1 Mo‘minov I.M. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli. – T.: Fan, 1968, 13-bet. 2 Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. – T., 1996, 288-bet. foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, “Temur olimlarga mehribon, sayyidu shariflarni o‘ziga yaqin tutar edi. Ulamo va fuzaloga to‘la izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan tamom muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzatu ikromini unga izhor qilardi” 3 . Amir Temur badiiy adabiyotga, xususan poeziyaga doimo qiziqqan va diqqat berib, undan bahramand ham bo‘lgan 4 . Alisher Navoiy Temur haqida bunday deb yozgan edi: “Temur Ko‘ragon… agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqeda o‘qubdurlarkim, aningdek bir bayt o‘qug‘oni ming yaxshi bayt aytg‘oncha bor. Tabarruk haysiyatidankim, ul hazratning muborak ismi bu muxtasarda bo‘lg‘ay va ul latoyifdin biri bila ixtisor qililur” 5 . Ma’lumki, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birinchi yarimida Samarqand, Hirot, Balxda turk-o‘zbek adabiyotining mashhur arboblari, shuningdek, fors-tojik tilida ham she’rlar yozib mashhur bo‘lgan Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi shoirlar yashab ijod etganlar. Alisher Navoiy o‘z davrida bu shoirlar nomini hurmat bilan tilga oladi, ularni ardoqlab kuylaydi, ulug‘laydi. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, Alisher Navoiyning so‘zicha, Temurning podsholik davridan e’tiboran turkiy adabiyot keng taraqqiy eta boshlaydi 6 . Alisher Navoiyning fikrini davom ettirib, mojor (vengr) tarixchisi Herman Vamberi shunday yozadi: “O‘rta Osiyoda asl turklik davri Temurdan boshlanadi. Chunki xorazmshohlar va saljuqiylar, garchi maishat tarzi jihatdan turk bo‘lsalar-da, ular G‘arbiy islom, Eron madaniyatiga muxlis edilar, turk millatining rivoji uchun juda kam ish qilardilar. Hozirgi Erondagi – qojar (xojar) xonadoni ham shundaydir. Temur o‘z turklarining mo‘g‘ul-xitoy dunyosining ustidan g‘alabasini mujassam etdi. U doimo va har jihatdan turklarga birinchilikni ta’minlashga jahd etdi. Uning saroyi ajnabiy ulamolar va hunarmandlar bilan to‘la bo‘lsa-da, mamlakatning rasmiy tili har vaqt turkcha bo‘ldi. Temurning o‘zi tiniq va ochiq turk shevasida yozar edi. Bu yerda zikr qilingan “Tuzukot” fikrimizni isbot etadir” 7 . Sohibqironning bunyokorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome’ masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohizinda me’moriy mo‘jizalari, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi. Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, “olam ravnaqi va ro‘shnoligi yo‘lida hafsalasi nihoyatda baland bo‘lgan Amir Temur obodonchilikka yaraydigan biror qarich yerning ham zoe bo‘lishini ravo ko‘rmasdi” 8 . Amir Temur har bir muvaffaqiyatini, har bir sevinchli voqeani bir me’morlik asarini 3 Ma’naviyat yulduzlari. –T.: Ma’naviyat, 1999, 148-bet. 4 Mo‘minov I.M. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli. – T.: Fan, 1968, 15-bet. 5 Alisher Navoiy. Asarlar, 12-tom. – T., 1967, 169-bet. 6 Mo‘minov I.M. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli. – T.: Fan, 1968, 15-bet. 7 Vamberi H. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. – T., 1990. – B. 55-56. 8 Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. – T., 2000, 191-bet. bunyod etish bilan nishonlashga ahd qildi. Masalan, Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag‘dodda madrasa, hazrat Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustida maqbara bino qildirdi. Temur g‘alabalari va baxtining ilk davrida Kesh shahriga katta ahamiyat berib, uni O‘rta Osiyoning ma’naviy markaziga aylantirgan edi. Shu bois, bu shahar “Qubbatul ilm val adab” unvoniga ega bo‘lgan edi. Temur o‘zining poytaxtini ham shu yerda qurishni niyat qilib, go‘zal Oqsaroyni bino ettirgan edi. O‘n ikki yildan ortiqroq qurilgan bu saroy Eron me’morlari tomonidan bino qilingan bo‘lib, G‘arbiy islom uslubida, ya’ni imorat peshtoqiga doira va quyosh alomatini tasvirlaganlar. Temurning alomat belgisi uch xalqadan iborat bo‘lib, shiori “Rusti – rosti”, ya’ni “Kuch – adolatda” ma’nosini bildiradi 9 . Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Movarounnahrda mo‘g‘ullarning qariyb 140 yillik davrida, ya’ni 1220-1360 yillarda birorta ham ko‘zga ko‘rinarli qurilish yoki suv inshootlari vujudga kelmagan. Amir Temurning tashabbusi bilan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda esa Keshning atrofi esa mudofaa devorlari bilan o‘ralgan 10 . Bu tarixiy fakt Sharafiddin Ali Yazdiyning asarida ham, Kastiliyaning Temur saroyidagi mashhur elchisi Ryui Gonsales de Klavixoning kundalik daftarlarida ham yaqqol ifoda etilgan. Klavixo Samarqandda 1403- 1406 yillarda bo‘lgan. Uning yozishicha, Samarqand shahrida har yili ko‘plab turli xil mol-tovarlar sotilgan. Bu mollar Xitoy Hindiston, Tatariston va boshqa mamlakatlardan hamda boy Samarqand podsholigining o‘zidan ham olib kelinar edi 11 . Shundan so‘ng Klavixo bunday deb yozadi: “Unda (Samarqandda) barcha narsalarni tartib bilan sotish uchun katta joy bo‘lmaganligi sababli podshoh shahar bo‘ylab katta ko‘cha (rasta) chiqarishni, uning ikki tomonidan esa mol sotish uchun do‘konlar qurishni buyurdi” 12 . XIV asr oxiridan boshlab Movarounnahr Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining bosh markaziga aylanganini, san’atda yangi yo‘nalish paydo bo‘lganligini aytadilar. Buni hattoki Temur zamondoshlari ham tan olishgan. Masalan, Ibn Arabshoh Temurning shahar tashqarisidagi saroylari haqida hikoya qilib, ular “Yangi uslubda” 13 qurilganligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Amir Temur umr bo‘yi bunyodkorlik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan. Download 460.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling