Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional – ekspressivlik bag’ishlash maqsadida qo’llaniladigan fonetik usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo’ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi maqollarda ko’p kuzatiladi: Ovni otsang, bilib ot, Dol nishonga qo’yib ot. Geminatsiya. Badiiy nutqda keng qo’llaniladigan fonetik usullardan yana biri – geminatsiyadir. «Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati»da mazkur hodisa «qo’sh undoshlik – ikki aynan bir xil undoshli holatning yuzaga kelishi» sifatida izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |