4-mavzu. Badiiy matnda tilning fonetik, leksik (keng ma’noda iboralar, maqollarning ishlatilishi) grammatik vositalari badiiylikni ta’minlovchi vositalar sifatida


h-ho’, bunaqa sigir bozorda falon pul bo’lsa kerak.(S.Ahmad) Ziyodni onasi betini bilaklariga bosadi. Ziyodni onasi iz-z


Download 218.5 Kb.
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1770603
1   2   3   4
Bog'liq
4-ma\'ruza

O’h-ho’, bunaqa sigir bozorda falon pul bo’lsa kerak.(S.Ahmad) Ziyodni onasi betini bilaklariga bosadi. Ziyodni onasi iz-z-iz-z yig’laydi. Ziyodni onasi yum-m-yum-m yig’laydi. (T.Murod) Yarim soatlik qonli «g’ov-v-v-v, g’u-v-v-v, ov-v-v-v-v, ov-v-v-v»dan so’ng Mallaxonning davangisi mag’lub bo’lib, faje’ bir suratda yaralandi. (A.Qodiriy)

Harakatning oniyligi: Mashina Chuqursoyga qayrilish o’rniga yo’lning o’rtasida taqqa to’xtadi.

Ovoz kuchining balandligi: «Bummm» degan tovush eshitildiyu, ko’kni chang to’zon qopladi.(Gazetadan)

Ovoz kuchining pastligi: Ammo shunchalik davru davronlar o’tquzilg’an va o’tquzilmoqda bo’lg’an bo’lsa ham bunchalik ochub–...tis-s-s! Yopig’liq qozon-yopig’liq... tuya ko’rdingmi - yo’q... (A.Qodiriy) Mashina bir-ikki pig’-g’-g’ degan ovoz chiqardi-da butunlay o’chib qoldi.

So’zlarni noto’g’ri talaffuz qilish. Og’zaki nutqda turli sabablarga ko’ra ayrim so’zlar, asosan, o’zlashma so’zlarni buzib talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato so’zlovchining o’zlashgan so’z imlosini to’g’ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamaslik natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin. Badiiy asarda bu usuldan qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og’zaki - jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida foydalaniladi. Ayrim o’rinlarda kulgi qo’zg’atish maqsadida ham so’zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va o’sha tarzda yoziladi.

-Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb so’rash kerak. –Jinni bo’ldingmi, Ne’mat? –Men sizga Ne’mat emasman, o’rtoq Babbaev bo’laman, o’rtoq Xajjayip.(S.Ahmad) –Shayxantovur yarmankasiga ro’za bo’yi mol yoyg’on juvonlar, kampirlar, qizlar, tumsalar faje bir qiyofa bilan «alvido, yo mohi ramazon», deb ro’mol silkitadirlar.(A.Qodiriy)

–Xo’p, bo’pti. Uning oti Zulfiqorfomilasi... –aytaveraymi, deb unga qaradi. (S.Ahmad) Bo’rixon begona uyga kirib qolgan odamdek qovushmay turardi. U ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi. To’g’ri, nima deyishni bilardi. Ammo, til bilmasa nima qilsin? O’ylab-o’ylab, «Salyam!» dedi. Jigarlari kulishni ham, yig’lashni ham bilmay hayron turib qolishdi. (S.Ahmad)


Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling