82
Yordamchi kitob, ya‘ni analitik hisob materiallariga yana operatsion jurnal,
kassa operatsiyalari bo‗yicha yuritiladigan kirim kassa jurnallari va chiqim kassa
jurnalllari, bankning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va materiallari bo‗yicha
yuritiladigan kartochkalarni ham kiritish mumkin.
Operatsion jurnallar har bir mas‘ul ijrochi yuritadigan hisobvaraqlar bo‗yicha
alohida tuzilib, unda hisobvaraqlar bo‗yicha o‗tkazilgan operatsiyalar haqida
ma‘lumot beriladi, uni shaxsiy hisobvaraqlarning umumiy ko‗rinishi
deyish ham
mumkin. Operatsion jurnalda sana, hisobvaraq nomeri, debet va kredit aylanmalari
hisoblash texnikasi dasturida nazarda tutilgan bo‗lsa, hisobvaraq nomi ham
ko‗rsatiladi.
Bank kassasi bilan bog‗liq bo‗lgan yordamchi kitob materiallari ikkita bo‗lib,
ular:
-kassaning kirim jurnali;
-kassaning chiqim jurnali.
Har kuni bank kassasiga topshirilayotgan naqd pul summasi kassaning kirim
jurnalida nazoratchi tomonidan qayd etib boriladi. Unda sana, pul
topshirayotgan
korxona hiso
bvarag‗i nomeri, kirim kassa hujjati sanasi, hujjat nomeri, hisobot
ramz
i, summasi ko‗rsatiladi.
Kassaning chiqim jurnali ham kundalik
chiqim kassa operatsiyalari
bajarilganda nazoratchi tomonidan rasmiylashtiriladi. Jurnalda sana, mijozning
talab
qilib
olinadigan depoziti bo‗yicha hisobvaraq nomeri, chiqim kassa hujjati
sanasi,
hujjat nomeri, hisobot ramzi
, summasi ko‗rsatiladi. Shu bilan birgalikda
nazoratchi va kassirning imzosi uchun ham alohida joy ajratilgan.
Quyida kirim
kassa jurnalining shaklini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: