78
4-MAVZU. BANKLARDA BOSH VA YORDAMCHI KITOBLAR
REJA:
1. Hisob tsikli tushunchasi, bosh va yordamchi hisoblarining mazmuni.
2. Analitik hisob (yordamchi kitob) va uning tavsifi.
3. Sintetik hisob (bosh kitob) va uning tavsifi.
4. Bosh kitob va yordamchi kitoblarni tekshirish. Xatolarni tuzatish
tartibi.
Tayanch so„z va iboralar:Joriy kun operatsiyalari,
analitik hisob, sintetik
(umumlashgan) hisob,
Bosh kitob materiallari, yordamchi kitob materiallari,
shaxsiy
hisobvaraq, sh
axsiy hisobvaraqdan ko‗chirma, rekvizit,
storno usuli,
balans, aylanma va qoldiqlar qaydnomasi, kirim kassa jurnali, chiqim kassa jurnali,
yillik balans, oylik balans, choraklik balans, kunlik balans.
1.Hisob tsikli tushunchasi, sintetik va analitik hisoblarining mazmuni.
Banklarda buxgalteriya hisobi ikki yo‗nalishda olib boriladi. Buxgalteriya
hisobi jahon amaliyotida va hisob yuritishning xalqaro andozalarida sintetik hisob
o‗rniga Bosh kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlari qo‗llaniladi.
Shuningdek,
a
nalitik hisob o‗rniga Yordamchi kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlaridan
foydalaniladi. Biz nazarda tutgan kitob bir qator hisobvaraqlar guruhidir.
Bosh kitob bu
–
bank moliyaviy hisobotlarida ko‗rsatiladigan hisobvaraqlar
guruhidir.
Moliya
hisobotlariga balans hisoboti, foyda va zarar
lar to‗g‗risidagi hisobot
va boshqalarni kiritish mumkin. Bosh kitobda birinchi navbat balans hisobvaraqlari
bo‗yicha jamlama ma‘lumotlar qayd etiladi. Demak,
hisobvaraqlar Bosh kitobda
umumiy ma‘lumotni qayd etadi, lekin batafsil axborot bilan ta‘minlamaydi.