Batafsil axborot Yordamchi kitob ma‟lumotlari asosida olinishi mumkin,
chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari Yordamchi kitobda aks etiriladi.
Yordamchi kitobdagi hisobvaraqlar guruhi har bir alohida operatsi
ya bo‗yicha
o‗tkazilgan summalar haqida kerakli axborot beradi. Yordamchi kitob
hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari
vazifasini bajaradi. Yordamchi kitoblardagi yakuniy
summalar har kun oxirida,
shuningdek, oy
oxirida yangi oyning birinchi kundagi holatiga ko‗ra ularning Bosh
kitobdagi nazorat yakunlari balansi bilan bir xil chiqish lozim. Bosh kitob nazorat
hisobvaraqlarning ma‘lumotlari Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlar
yakuniy
summalari bilan taqqosl
anadi. Agar dastlabki yozuvlarda xatolarga yo‗l
qo‗yilmagan bo‗lsa, Bosh kitob va Yordamchi kitob summalari teng chiqadi.
79
Hozirgi kunda ko‗pgina tijorat banklari mijozlarga ―so‗mda yuritiladigan
hisobvaraqlar bilan bir qatorda xorijiy valutadagi operatsiyalar
hisobini yuritish
maqsadida xorijiy valutadagi hisobvaraqlarni ochishlari mumkin. Xorijiy
valutadagi operatsiyalar bo‗yicha Bosh va Yordamchi kitoblar har bir valuta turi
bo‗yicha alohida yuritiladi.
Bosh kitob bo‗yicha kodlash tizimi besh xonali bo‗lishi belgilangan. Dastlab
aktiv
hisobvaraq kodlari toq, passiv hisobvaraqlarning kodlari esa juft sonlardan
iborat qilib belgilangan edi. Bu tartib osonroq qabul qilish va eslab qolish uchun
ko‗zda tutilgan edi. Lekin yangi hisobvaraqlar kiritilishi munosabati bilan bu tartib
bir oz o‗zgardi. Balans hisobvaraqlarida hisob takrorlanadigan
yozuv usulida
yuritiladi. Operatsiyalar ular bo‗yicha mablag‗lar harakatlangan kundan qat‘iy
nazar bajarilgan kuni buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Yordamchi kit
oblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to‗liq aks
ettiriladi. Yordamchi kitoblarning shakli va turlari har bir bank tomonidan mustaqil
belgilanadi.
Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob
operatsiyalari albatta
ikkiyoqlama yozuv qoidasiga amal qilgan holda qayd etish yoki ushbu
hisobvaraqlar bilan korrespondensiya bo‗lgan hisobvaraqlar raqamlari ko‗rsatilishi
shart.