4-mavzu. Banklarda bosh va yordamchi kitoblar reja: Hisob tsikli tushunchasi, bosh va yordamchi hisoblarining mazmuni


 Sintetik hisob (bosh kitob) va uning tavsifi


Download 290.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana12.03.2023
Hajmi290.96 Kb.
#1263549
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

 
3. Sintetik hisob (bosh kitob) va uning tavsifi. 
Bosh kitob banklarda umumlashgan hisob haqida axborot berib, bank moliya 
hisobotlarida ko‗rsatiladigan hisobvaraqlar guruhi bo‗lib hisoblanadi. Bosh kitobga 
yanada to‗liqroq ta‘rif beradigan bo‗lsak, Bosh kitob balans hisobvaraqlari 
bo‗yicha Qo‗shimcha kitob ya‘ni tavsiliy hisobvaraqlari ma‘lumotlari to‗plamidir. 
Bosh ki
tob ham Qo‗shimcha kitob kabi bir qator materiallar asosida yuritiladi. 
Bosh kitob materiallari quyidagilar hisoblanadi: 
– hisobvaraqlar qoldiqlarining kunlik balansi; 
– balans hisobvaraqlari bo‗yicha aylanmalar va qoldiqlar haqidagi jamlama 
ma‘lumotlar; 
– oylik hisobot balanslari; 
– choraklik va yillik saldo aylanma -saldo qaydnomalari. 
Bulardan tashqari bosh buxgalterning xohishiga ko‗ra, emissiya-kassa 
operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek, ―kutilmagan vaziyatlar‖ 
hisobvaraqlari bo‗yicha jamlama kartochkalari yuritilishi mumkin. 
Har bir Bosh kitob materiallarini alohida ko‗rib chiqamiz. Ma‘lumki, bankda 
balans har kuni tuziladi. Balansning har ikki aktiv hamda passiv qismlarining
o‗zaro tengligi bank ishi kuni yakunlanganligini bildiradi. Bosh kitobning barcha 
materiallari qatori kundalik balans hozirgi kunda bankda dasturiy yo‗l bilan 
komputer yordamida tayyorlanadi. 
Kunlik balans quyidagi shaklda tuziladi:
 
 
 
 


84 
4 -jadval. 
Balansning tuzilishi 
 
Bank nomi 
Bank kodi 
Sana 
Hisobvaraqlar nomeri 
Qoldiq 
Aktiv 
Passiv 
Demak, bankning kunlik balansida sana, balans ichidagi hisobvaraq 
nomerlari, aktiv va passiv hisobvaraq qoldiqlari ko‗rsatilib, bank ish faoliyatini bir 
kunlik yakunini bildiradi. 
Bosh kitob materiallaridan yana biri balans hisobvaraqlari bo‗yicha 
aylanmalar va qoldiqlarning jamlama ma‘lumotidir. Bunday jamlama ma‘lumotda 
nafaqat balans hisobvaraqlari bo‗yicha qoldiq balki, hisobvaraq debetidan va 
kreditidan o‗tgan aylanmalar summalari ham aks ettiriladi. Shuning uchun, aniqroq 
ma‘lumot olish uchun hozirgi kunda ko‗p banklar kundalik balans bilan birgalikda 
balans hisobvaraqlari bo‗yicha aylanmalar va qoldiqlari haqidagi jamlama 
ma‘lumotlarni ham tuzib boradilar. Ushbu Bosh kitob materiali ham dasturiy yo‗l 
bilan komputer yordamida tayyorlanadi. Jamlama ma‘lumotlar quyidagi shaklda 
tuziladi. 

Download 290.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling