4-mavzu. Banklarda bosh va yordamchi kitoblar reja: Hisob tsikli tushunchasi, bosh va yordamchi hisoblarining mazmuni


a) Hisobvaraq egalarining yuqori turuvchi tashkilotlari tomonidan


Download 290.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana12.03.2023
Hajmi290.96 Kb.
#1263549
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

a) Hisobvaraq egalarining yuqori turuvchi tashkilotlari tomonidan 
so„ralganda; 
b) Davlat nazorat idoralari, jumladan sud va soliq idoralari tomonidan 
yozma ravishda talab qilib so„ralganda. 
Boshqa hollarda mijozlar hisobvaraqlarining ahvoli haqida yozma ravishda 
ma‘lumot berish taqiqlanadi.
Shunday holatlar ham bo‗ladiki, mijozlar biror sabab bilan bankdan olgan o‗z 
shaxsiy hisobvaraqlarining ko‗chirmalarini yo‗qotib qo‗yishlari mumkin. 
Agar mijoz shaxsiy hiso
bvaraqdan ko‗chirmani yo‗qotib qo‗ysa, mijozga 
ko‗chirma dublikati berilishi mumkin. Buning uchun mijoz ko‗chirmani yo‗qotish 
sabablarini ko‗rsatgan holda ariza yozib bank rahbariga taqdim etishi lozim. 
Arizaga korxona rahbari va bosh buxgalter imzo qo‗yishlari kerak. 


82 
Yordamchi kitob, ya‘ni analitik hisob materiallariga yana operatsion jurnal
kassa operatsiyalari bo‗yicha yuritiladigan kirim kassa jurnallari va chiqim kassa 
jurnalllari, bankning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va materiallari bo‗yicha 
yuritiladigan kartochkalarni ham kiritish mumkin. 
Operatsion jurnallar har bir mas‘ul ijrochi yuritadigan hisobvaraqlar bo‗yicha 
alohida tuzilib, unda hisobvaraqlar bo‗yicha o‗tkazilgan operatsiyalar haqida 
ma‘lumot beriladi, uni shaxsiy hisobvaraqlarning umumiy ko‗rinishi deyish ham 
mumkin. Operatsion jurnalda sana, hisobvaraq nomeri, debet va kredit aylanmalari
hisoblash texnikasi dasturida nazarda tutilgan bo‗lsa, hisobvaraq nomi ham 
ko‗rsatiladi. 
Bank kassasi bilan bog‗liq bo‗lgan yordamchi kitob materiallari ikkita bo‗lib, 
ular:
-kassaning kirim jurnali;
-kassaning chiqim jurnali. 
Har kuni bank kassasiga topshirilayotgan naqd pul summasi kassaning kirim 
jurnalida nazoratchi tomonidan qayd etib boriladi. Unda sana, pul topshirayotgan 
korxona hiso
bvarag‗i nomeri, kirim kassa hujjati sanasi, hujjat nomeri, hisobot
ramz
i, summasi ko‗rsatiladi. 
Kassaning chiqim jurnali ham kundalik chiqim kassa operatsiyalari 
bajarilganda nazoratchi tomonidan rasmiylashtiriladi. Jurnalda sana, mijozning 
talab qilib 
olinadigan depoziti bo‗yicha hisobvaraq nomeri, chiqim kassa hujjati 
sanasi, hujjat nomeri, hisobot ramzi
, summasi ko‗rsatiladi. Shu bilan birgalikda 
nazoratchi va kassirning imzosi uchun ham alohida joy ajratilgan. Quyida kirim 
kassa jurnalining shaklini keltiramiz.

Download 290.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling