4-mavzu. Banklarda bosh va yordamchi kitoblar reja: Hisob tsikli tushunchasi, bosh va yordamchi hisoblarining mazmuni
Sintetik hisob (bosh kitob) va uning tavsifi
Download 290.96 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu
3. Sintetik hisob (bosh kitob) va uning tavsifi. Bosh kitob banklarda umumlashgan hisob haqida axborot berib, bank moliya hisobotlarida ko‗rsatiladigan hisobvaraqlar guruhi bo‗lib hisoblanadi. Bosh kitobga yanada to‗liqroq ta‘rif beradigan bo‗lsak, Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‗yicha Qo‗shimcha kitob ya‘ni tavsiliy hisobvaraqlari ma‘lumotlari to‗plamidir. Bosh ki tob ham Qo‗shimcha kitob kabi bir qator materiallar asosida yuritiladi. Bosh kitob materiallari quyidagilar hisoblanadi: – hisobvaraqlar qoldiqlarining kunlik balansi; – balans hisobvaraqlari bo‗yicha aylanmalar va qoldiqlar haqidagi jamlama ma‘lumotlar; – oylik hisobot balanslari; – choraklik va yillik saldo aylanma -saldo qaydnomalari. Bulardan tashqari bosh buxgalterning xohishiga ko‗ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek, ―kutilmagan vaziyatlar‖ hisobvaraqlari bo‗yicha jamlama kartochkalari yuritilishi mumkin. Har bir Bosh kitob materiallarini alohida ko‗rib chiqamiz. Ma‘lumki, bankda balans har kuni tuziladi. Balansning har ikki aktiv hamda passiv qismlarining o‗zaro tengligi bank ishi kuni yakunlanganligini bildiradi. Bosh kitobning barcha materiallari qatori kundalik balans hozirgi kunda bankda dasturiy yo‗l bilan komputer yordamida tayyorlanadi. Kunlik balans quyidagi shaklda tuziladi: 84 4 -jadval. Balansning tuzilishi Bank nomi Bank kodi Sana Hisobvaraqlar nomeri Qoldiq Aktiv Passiv Demak, bankning kunlik balansida sana, balans ichidagi hisobvaraq nomerlari, aktiv va passiv hisobvaraq qoldiqlari ko‗rsatilib, bank ish faoliyatini bir kunlik yakunini bildiradi. Bosh kitob materiallaridan yana biri balans hisobvaraqlari bo‗yicha aylanmalar va qoldiqlarning jamlama ma‘lumotidir. Bunday jamlama ma‘lumotda nafaqat balans hisobvaraqlari bo‗yicha qoldiq balki, hisobvaraq debetidan va kreditidan o‗tgan aylanmalar summalari ham aks ettiriladi. Shuning uchun, aniqroq ma‘lumot olish uchun hozirgi kunda ko‗p banklar kundalik balans bilan birgalikda balans hisobvaraqlari bo‗yicha aylanmalar va qoldiqlari haqidagi jamlama ma‘lumotlarni ham tuzib boradilar. Ushbu Bosh kitob materiali ham dasturiy yo‗l bilan komputer yordamida tayyorlanadi. Jamlama ma‘lumotlar quyidagi shaklda tuziladi. Download 290.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling