4-mavzu: bхsr vа ххsrlаrning tuzilishi, ichki vа tаshqi siyosаti vа ulаrning tugаtilishi yuzasidan “Case study”


Download 15.63 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi15.63 Kb.
#1169673
Bog'liq
4-mavzu. BXSR va XXSR tuzilishi. case study (3)


4-mavzu: BХSR vа ХХSRlаrning tuzilishi, ichki vа tаshqi siyosаti vа ulаrning tugаtilishi yuzasidan
Case study”
Muammo: Sovetlar o‘z hukmronligini o‘rnatish jarayonida iqtisodiy masalaga alohida e’tibor qaratgan edi. Turli ikki tomonlama manfaatli deyilgan shartnomalar sovetlar uchun ishladi. Buxoro va Xiva vakillari ham bunga ko‘r-ko‘rona ishonishgan edi. Bunga sabablar nima bo‘ldi? Va albatta oqibatlar qanday edi?
Rossiya o‘z hukmronligini yurita boshlagach, siyosiy qarashlar bilan birga iqtisodiy-ijtimoiy hayotni ham o‘zlashtira boshlagan edi. Davlatlarni ishontirgan holda rasmiy shartnomalar ham tuzildi va amalda qo‘llanildi. Albatta, 20-yillarning boshlarida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat davlatlarning iqtisodiyotida jonlanishiga ham olib keldi. Lekin erkin savdo, xususiy tadbirkorlikka asoslangan iqtisodiy qarashning umri uzoq bo‘lmadi. Shunday bo‘lsada, iqtisodiy jihatdan qoloq hisoblangan davlatlar uchun bu ijobiy qarashlarga ham sabab bo‘lgandi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xarid narxi tushirilishi oziq-ovqat muammosini keltirib chiqardi, dehqonlar qashshoqlashdi. Davlatlarda sovet hokimiyatini mustaxkamlashning zaruriy sharti sifatida industriyalashtirish siyosatini amalga oshirish boshlandi. Sanoati qoloq, malakali ishchi kadrlari, mutaxassislari deyarli yo‘q, og’ir sanoatni rivojlantirish tajribasi yo‘q o‘lkada industriyalashtirish og’ir kechdi. Shu bahona malakali ishchilar, muhandis-texnik xodimlar Rossiyaning markaziy hududlaridan ko‘chirib keltirildi. Industriyalashtirishning dastlabki paytida suv elektrostansiyalari hamda qishloq xo‘jaligiga, paxtachilikka qaratilgan xom-ashyoni qayta ishlash qurib ishga tushirildi. Chirchiqdani GESlar, Toshkent tikuvchilik, poyafzal, tamaki, Farg’ona to‘qimachilik, Samarqand va Marg’ilondagi ipak fabrikalari shular jumlasidandir. Markaz respublikalarning yer osti va yer usti qazilma boyliklari, xom-ashyo mollarini talon-taroj qilib, arzon ishchi kuchidan foydalanib, o‘lkadan mumkin qadar ko‘proq foyda olish harakatida bo‘ldi. Bu siyosat ayniqsa millionlab dehqonlar hisobidan amalga oshirildi. Chunki qishloqda zo‘rlik bilan olib borilgan jamoatlashtirish siyosati g’arazli maqsad uchun juda ham qo‘l keldi. 1930 yilning boshlaridan yoppasiga jamoatlashtirish harakati boshlanib, katta yer egalari, o‘rta hol dehqonlar va kambag’allarning yerlari jamoa xo‘jaliklariga birlashtirildi ularning qo‘llaridagi ot-ulov, mehnat vositalari, chorva mollari ham majburiy umumlashtirildi. Davlat, jamoa xo‘jaliklari orqali rejalashtirish yo‘l bilan mehnatkash dehqonlar oladigan hosilning deyarli barchasini yig’ib oladigan bo‘ldi. Buning natijasida dehqonlar xo‘jaligi xonavayron bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda, Sovetlar davrida bo‘lingan respublikalar har tomonlama chuqur inqiroz holatiga tushib qolgan edi. Ruslar yuritgan “oqilona” iqtisodiyot faqatgina ularning o‘ziga manfaat keltirar edi. Xonliklar davridan boshlangan bunday qarash keyinchalik ham davom etmay qolmadi. Markaziy Osiyo Ruslarning hom-ashyo bazasi edi. Buni keying yillarda kuzatilgan voqealar yaqqol ko‘rsatib beradi.
Download 15.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling