Reja: - Xodimlarni boshqarish tushunchasi va norasmiy tashkilotlar.
- Ijtimoiy munosabatlarni boshqarish.
- Xodimlarni boshqarishda inson ehtiyojlarining roli.
HR menejer kim? - HR menejeri – kadrlar siyosati va dasturlarini boshqaradigan shaxs. Bosh direktorga hisobot beradi. Kompaniya rahbarlariga inson resurslari masalalari bo'yicha yordam beradi va maslahat beradi. U xodimlarni kompaniyaga jalb qilishni osonlashtirish uchun ishlaydi. HR menejerining mas'uliyati kompaniya yoki tashkilot ehtiyojlariga qarab o'zgaradi.
HR menejeri boshqaradigan sohalar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin: - HR menejeri boshqaradigan sohalar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
- kadrlarni tanlash va yollash;
- tashkilotni rivojlantirish;
- bandlik va mehnat qoidalariga rioya qilish;
- xodimlarni moslashtirish, rivojlantirish, ehtiyojlarini baholash va o'qitish;
- korporativ qoidalar va hujjatlarni ishlab chiqish;
- mehnat jamoasidagi munosabatlarni boshqarish;
- korporativ qo'mitaga yordam ko'rsatish;xodimlar va kompaniya o'rtasidagi aloqani osonlashtirish;
- ish haqi va nafaqalarni boshqarish;xodimlarning xavfsizligi, farovonligi va sog'lig'ini ta'minlash;xayriya;xodimlarga maslahat berish.
HR menejerining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - Kompaniya uchun ishchilarni qabul qilish va saralash;
- Xodimlarning salomatligi va xavfsizligini ta'minlash;
- Eng yaxshi xodimlarning rivojlanishini ta'minlash;
- Kadrlar bo'limining rivojlanishi;
- Xodimlar orasida korporativ madaniyatni rivojlantirish, sifatni doimiy takomillashtirish, asosiy xodimlarni saqlab qolish va rivojlantirish orqali yuqori samaradorlikka erishish;
- Ishdan bo’shatish;
- Ish haqi masalasini hal qilish;
- Imtiyozlar va yangiliklardan xodimlarni xabardor qilish;
- Shaxsiy doimiy rivojlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |