4-mavzu: Borliq – falsafa kategoriyasi -2 soat Reja
Olamning birligi, chekliligi va cheksizligi. Substansiya va substrat tushunchasilari
Download 77 Kb.
|
IwYLN5V5hJlaB3BaD14V1YN2nHWdRfYgXFPGIo6L (1)
Olamning birligi, chekliligi va cheksizligi. Substansiya va substrat tushunchasilari.
Borliqning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi ham fanning uzoq o‘tmishiga borib taqaladi. Masalan, qadimgi Hindislon va Xitoyda, Misr va Bobilda, qadimgi O‘rta Osiyo va Yunonistonda ba’zi faylasuflar olamning asosida qandaydir modda yoki muayyan unsur yotadi, deb hisoblashgan. Ularning ba’zilari bu unsurni olov, boshqalari suv yoki havo, ayrimlari esa — tuproqdan iborat deb hisoblashgan. Ba’zi bir falsafiy ta’limotlarda esa, olamning asosida — olov, havo, suv va tuproq yotadi, barcha narsalar ana shu to‘rtta unsurning birikishidan hosil bolgan, deyilgan. Olamning asosida yotuvchi substansiyani axtarishning yana bir yoli narsalarning tarkibidagi bo‘linmas eng kichik unsurni, ya’ni narsalarning tarkibidagi umumiy substrat (lotincha substratum — asos ma’nosini anglatadi)ni axtarishdir. Bunday yo‘nalishga mansub oqimlardan biri atomistiklardir, ularga, qadimgi Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit va Lukretsiylarni kiritish mumkin.Ularning butun olamning asosida eng kichik bo‘linmas zarrachalar atomlar yotadi, ular o‘zlarining shakli, harakatlanishi va vaznlari bilan bir-birlaridan farq qiladi, deb hisoblashgan. Albatta bu ta’riflarni bir yoqlama mutlaqlashtirib tushunmaslik lozim. Bu ta’riflarda ko‘proq sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi mumkin bo‘lgan reallik nazarda tutilgan. Dastlab, bu umumlashtiruvchi tushuncha, narsalarning asosida nima yotadi, degan nuqtayi nazardan kelib chiqib, substansiya (lotincha, substantia — nimaningdir asosida yotuvchi mohiyat degan ma’noni beradi) deb ataldi. Substansiya — muayyan narsalar, hodisalar, voqealar va jarayonlarning xilma-xil ko‘rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon bo‘luvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat — substansiya yotadi, deb hisoblovchi ta’limotni monizm deb atashadi. Faylasuflar substansiya sifatida biror jismni, hodisani, materiyani, g‘oyani yoki ruhni olishgan. Olamning asosida ham moddiy jism yoki materiya, ham g‘oya yoki ruh yotadi deb hisoblovchi faylasuflar dualistlar (dualizm lotincha, dualis — ikkilangan degan tushunchani anglatadi) deb hisoblanadi. Olamning asosida ko‘p substansiyalar yotadi deb hisoblovchilarni esa plyuralizm (lotincha pluralis — ko‘pchilik so‘zidan olingan) tarafdorlari deb atashadi. Olamning namoyon bo‘lish shakllari xilma-xildir. Faqat moddiy jismlarnigina o‘ziga qamrab oluvchi olamni moddiy olam deyishadi. Ayrim kishilar uni jismoniy, ya’ni fizik olam deb atashadi. Odamning ma’naviy, ruhiy dunyosini qamrab oluvchi olamni ma’naviy olam deyishadi. Aynan shu paytda biz bilan birgalikda mavjud bo‘lgan olam aktual olam deyiladi. Kelajakda mavjud bolish imkoniyati bor va bolishi mumkin bolgan olam potensial olam deyiladi. Masalan, sizning bugungi kundagi talabaligingiz aktual olamga mansub bo‘lsa, kelajakda mutaxassis bo‘lib yetishishingiz esa potensial olamga mansubdir. Olamning mavjudligi shubhasiz bo‘lgan va barcha e’tirof etadigan qismi real olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo‘lishi ehtimoli bo‘lga olam virtual olam deb ataladi (virtual so‘zi lotincha virtual is — ehtimoldagi degan ma’noni beradi). Aniq ma’lum bolgan olam konkret olam deyiladi, xayoldagi, tasavvurdagi, idealdagi olam obrazi abstrakt olam deyiladi. Odamning kundalik hayotidagi hammaga ma’lum bo‘lgan, tan olingan hayoti real olamga mansub bo‘lsa, uning xayoliy rejalari virtual olamga, uning o‘zi va atrofidagilar konkret olamga, kelajakka yo‘nalgan orzu-umidlari esa abstrakt olamga mansubdir. Odam o‘z rejalarini real olamga asoslanib tuzsa, potensial olamining konkret reallikka aylanish ehtimolligi oshadi. Odam olamda boshqalardan ajralib, yakka-yu yagona bo‘lib emas, balki ijtimoiy hayot kechiradi va jamoa bo‘lib yashaydi. XX asrning o‘rtalariga kelib, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi va hozirgi zamon kosmologiyasi sohalaridagi ilmiy yutuqlar kishilarning obyektiv olam haqidagi tasavvurlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Natijada, tabiatshunos olimlar sezgilarimizga bevosita ta’sir etishining imkoni bo‘lmaydigan realliklar haqida ham tadqiqotlar olib bora boshladi. Olamning klassik mexanika nuqtayi nazaridan kelib chiqib, nisbatan kichik tezlikda harakatlanuvchi sistemalar haqidagi ilmiy manzarasi o‘rnini yangicha ilmiy manzaralar egallay boshladi. Bu esa materiya haqidagi tasavvurlarning yanada rivojlanishiga asos bo‘ldi. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling