Noosfera lug'aviy mazmuniga ko'ra, insonning tabiatga faol
ta’sir etib, o'z aqli va faoliyati natijasida yaratgan yangi muhitdir.
Noosfera haqidagi ta’limotning asoschisi qomusiy olim
V.I.Vernadskiydir. U Yerda hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishini butun koinotda amalga oshadigan boshqa jarayonlar bilan
aloqador jarayon deb qaradi. V.I. Vernadskiy hayotni organik
moddalaming alohida uyushgan bir butunligi, Yer yuzasidagi
barcha jonli organizmlarning majmuyi, deb ta’rifladi.
|
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois unda mavjud barcha narsalarning manbayi inson ongidir. Binobarin, u obyektiv
tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud
boladi. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qat’i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir
ko‘rsatadi, mazkur ongning mazmuniga — bilimlar, emotsiyalar,
kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok
etiladi.
|
„harakat" deganda, odatda, narsa va hodisalarning oddiy
o‘rin almashuvi tushuniladi. Bunda „o'zgarish" tushunchasi hajm
jihatdan „harakat" tushunchasiga kiradi.'zgarish — narsa va hodisalarning bir
holatdan ikkinchi holatga, bir ко 'rinishdan boshqa ko‘rinishga
o‘tishidir. Biroq, har qanday o'zgarish rivojlanish bo'lmasa ham,
o‘z ichiga rivojlanishni ham oladi.
|
Fazo va vaqtni tushunish bo‘yicha substansial va relyatsion
yondashishlar mavjud. Substansial konsepsiya tarafdorlari fazoni
narsalar joylashadigan idish, bo‘shliq deb bilishadi. Ularning fikricha, hamma narsa fazo ichiga joylashtirilgan. Fazo o‘ziga narsalarni sig‘diruvchi substansiya. Hech narsasi yo‘q, ya’ni narsalar
solinmagan fazo ham bolishi mumkin, deyiladi.
|
Materiya tuzilishining farqlariga asoslanib, uning tuzilishi
darajalarini ikkiga: 1) miqyosli struktura darajalari va 2) tashkiliy
stmktura darajalariga ajratish mumkin.
Materiya masshtab o'lchovi, miqyosi bilan farq qiluvchi uchta
darajaga bo‘linadi. Ular: mikrodunyo, makrodunyo va megadunyodir.
Mikrodunyo atom masshtabidagi kichik dunyo bo‘lib, unga atom
strukturasidan tortib, elementar zarrachalar, atom yadrosi: kvarklar,
kernlar va boshqa kichik o‘lchovli strukturalar kiradi
|