№
|
|
|
1.
|
Ong kategoriyasining falsafiy mazmuni
|
|
insonning dunyodagi o'z o'mi va
rolini anglab borishi, atrof muhit, tabiat va jamiyatga, boshqa
odamlarga munosabatini belgilashidir.
|
2.
|
In’ikos tushunchasi va uning shakllari
|
|
In’ikos —obʼyektlarning oʻzaro taʼsiri natijasida modda, energiya va axborot almashishi jarayoni. I. ning eng sodda shakli mexanik oʻzaro taʼsirdir
|
3.
|
Ijtimoiy ong mohiyati va uning shakllari
|
|
Ijtimoiy ong mazmuni jihatidan keng, ma’naviyat esa uning
qadriyat darajasiga ko‘tarilgan shaklidir. Ijtimoiy ong shakllari
ma’naviyat darajasiga ко‘tarilgandagina jamiyat taraqqiyotiga ijobiy
ta’sir etadi.
|
4.
|
Bilish jarayonining bosqichlari
|
|
Insonning o'zini anglashi, atrofini qurshagan dunyoga
munosabatlaridan biri — bilishdir.
Bilish bosqichlari: 1) Oddiy(kundalik) bilish 2) Ilmiy bilish 3) Hissiy bilish 4)Mantiqiy bilish 5) Intuitiv bilish
|
5.
|
Haqiqat tushunchasi. Nisbiy va mutloq haqiqatlar. Haqiqatni aniqlash mezoni.
|
|
Haqiqat — borliqdagi
predmet va hodisalar yoki belgi va xususiyatlarning o‘zi emas,
balki ular haqidagi inson bilimlarining o ‘sha predmet va
hodisalarga, ularning belgi va xususiyatlariga mos kelishidir. Nisbiy haqiqat — bizning borliqdagi predmet va hodisalar
to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan, bilish
jarayonimizda tuzatilib, to ‘ldirilib borishi lozim bo ‘Igan
bilimlarimizdir. ,
Mutlaq haqiqat esa — borliqdagi predmet va hodisalar haqidagi
to‘Iiq, aniq, mukammal bilimlardir.
|
6.
|
Ilmiy bilish va uning o’ziga xos xususiyatlari
|
|
Ilmiy bilish borliqdagi predmet va hodisalaming qonuniyatlarini, ulaming mohiyatini
bilishdir. Ilmiy bilish, odatda maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borish
asosida amalga oshadi, ya’ni bu ish bilan hamma kishilar emas,
balki bir guruh yoki alohida kishilar: tadqiqotchilar, olimlargina
shug‘ullanadilar. Bundan tashqari, ilmiy bilish uzoq davom
etadigan, muayyan usullar va yollar bilan amalga oshiriladigan
murakkab, ziddiyatli jarayondir.
|
7.
|
Ilmiy bilish strukturasi va usullari nimalardan iborat
|
|
Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Fanlar borliq va uning
turli ko'rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to‘g‘risidagi
ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iboratdir.
Ular insonning borliqni bilishi, o‘rganishi va o‘zlashtirishining
o'ziga xos nazariy shakllari bo‘lib, o ‘zlarida moddiy va ma’naviy
omillami birlashtiruvchi ko‘p qirrali ijtimoiy hodisalar..
Usullari: Kuzatish va Eksperiment, analiz va sintez,induksiya va deduksiya, umumlashtirish, abstraktlashtirish, konkretlashtirish, tarixiylik va mantiqiylik, ideallashtirish, modellashtirish
|