Plyuralizm dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko’proq mohiyat
borligini tan oluvchi ta’limotdir. «plyuralizm» (lot. – ko’plik, ko’p xillik, ko’p
sonlik) atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha ontologiyada
ayniqsa, jiddiy qiyinchiliklar tug’dirgan. CHunki ayni shu ta’limotda borliqning
ko’p sonli mustaqil va o’zaro bog’lanmaydigan asoslari ilgari surilgan.
Leybnitsning «monadologiyasi», ya’ni monadalar haqidagi ta’limoti
plyuralizmning klassik ko’rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko’ra, dunyo son-
sanoqsiz ruhiy substantsiyalardan tashkil to’adi. Ammo, plyuralistik
yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko’rinishlari ham mavjud. Masalan,
Em’edokl yaratgan dunyoning to’rt asosi haqidagi ta’limot plyuralistik
ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.
Ba’zan plyuralizmga mustaqil ta’limot sifatida emas, balki dualizmning
o’zgargan ko’rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar o’z nazariyasining asosiy
vazifasini dualistik munozaralarda yechimini to’magan ruh va tabiat o’rtasidagi
qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar.
Substantsiyani barcha o’zgarishlar va o’z-o’zining sababchisi -causa sui
sifatida tushunish I.Kant tomonidan qabul qilinib, yuksak baholangan. U
substantsiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini aniqlashga yordam
beruvchi o’zgarmas asos», deb ta’riflagan. Uningcha, substantsiya har qanday
tajriba va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda bo’ladi,
har qanday mavjudlik va vaqtdagi o’zgarish uning modusi, ya’ni o’zgarmas
narsaning mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |