4-mavzu: Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja
Relyatsion (lot. relativus – nisbiy) yo’nalish makon va vaqtni mustaqil
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi
Relyatsion (lot. relativus – nisbiy) yo’nalish makon va vaqtni mustaqil
mohiyatlar sifatida emas, balki real dunyo ob’ektlari va jarayonlari o’rtasidagi alohida munosabatlar sifatida tushunish bilan bog’lanadi. «Vaqt nima?», degan savolga javob berar ekan, Aristotel shunday mulohaza yuritadi: harakatda ham, vaqtda ham doim muayyan «oldin» va undan farq qiluvchi «keyin» mavjud. Aynan harakat tufayli biz har xil, o’zaro mos kelmaydigan «hozir»ni farqlaymiz. Vaqt shu «hozir»ning ketma-ketligi, ularning almashuvi, sanog’i, hisobi, «oldingi va keyingiga bog’langan harakatlar soni»dir 8 . Aristotelda makon harakatsiz yulduzlar sohasi bilan cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan tashqarida yotuvchi va hamma narsani harakatga keltiruvchi boqiy, harakatsiz, ilohiy osmon joylashgan. Mazkur nuqtayi nazardan ko’rsatilgan munosabatlar doirasidan tashqarida makon va vaqt mavjud bo’lmaydi. Bu yo’nalishning atoqli namoyandasi G.Leybnits (1646-1716) hisoblanadi. Makon va vaqt talqinidagi bu ikki tendentsiya, ya’ni makon va vaqt borliqning mustaqil, ob’ektiv hamda moddiy mazmunga bog’liq bo’lmagan asoslari sifatida yoki harakatlanuvchi materiyaning ajralmas qismi sifatida talqin qilish keyinchalik o’z rivojini to’di. Birinchi substantsional kontseptsiya ayrim o’zgarishlar bilan yigirma asrdan ko’proq davr amal qildi. Nyutonning materiya joylashadigan harakatsiz, uzluksiz va bir xil uch o’lchovli joy sifatidagi makon to’g’risidagi fikri o’z mohiyatiga ko’ra, Demokritning makon haqidagi g’oyalari bilan bir edi. Nyuton kontseptsiyasiga ko’ra, makon absolyut bo’lib, cheksiz ko’lamga ega. SHuning uchun u o’zida barcha materiyani sig’dira oladi va turli jarayonlarga bog’liq emas. Ushbu kontseptsiyaga ko’ra, vaqt ham absolyut bo’lib, turli o’zgarishlarga bog’liq bo’lmagan holda kechadigan teng davriylikdir. Unda barcha narsalar paydova yo’q bo’lib turadi. Muxtasar qilib aytganda, Nyuton makon va vaqt bir-biridan ajralgan va materiya bilan harakatga bog’liq bo’lmagan mustaqil narsa, deb tushungan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling