belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o’ziga xos xususiyatlariga tarixiy
bog’liq bo’lgan ijtimoiy makon to’g’risida so’z yuritish o’rinli bo’ladi. U alohida
Аристотел // Всемирная энсиклопедия. Философия. -М.: Современний литератор. 2001.-С.69
insoniy ma’no kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda
o’rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o’zlashtirilgan hududlar,
foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan
makonga aylangan koinot kengliklari ko’rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda
ko’lamli strukturalar o’z holicha, xatolik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat
evolutsiyasi ob’ektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning
turmushi va madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini,
ma’lum vaqt ruhini o’zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi
tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o’zgartirilgan landshaft va shu
kabilarda o’z aksini to’adi.
Do'stlaringiz bilan baham: