4-mavzu: Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja


Borliq   va   yo’qlik    dialektikasi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/33
Sana08.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#242133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
4-mavzu Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi

Borliq   va   yo’qlik    dialektikasi.  Keltirilgan  fikr  amalda  mavjud  narsagina 

borliqqa ega bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yo’qlik» 

har  qanday  tilda  amalda  mavjud  bo’lmagan  narsa  bilan  tenglashtiriladi  va 

boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo’qlik borliqni 

inkor  etadi  va  narsa,  jism,  hodisa,  ong...  (ya’ni  amalda  mavjud  bo’lishi  mumkin 

bo’lgan  narsalar)  o’zligini  yo’qotgan  holda  «yo’qlik»  atamasi  ayni  shu  ma’noda 

ishlatiladi va ular haqida ular «yo’qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi.  

Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to’g’ri deb bo’lmaydi. Borliq va yo’qlik 

o’rtasida dialektik o’zaro aloqa mavjud.  

Birinchidan,  dunyo  haqidagi  hozirgi  tasavvurlarga  ko’ra,  biz  yashayotgan 

Olam  bo’shliqdan  bino  bo’lgan.  Bo’shliq  materiyaning  alohida  holati.  Bo’shliq 

fizik borliqning eng boy tipi, o’ziga xos potentsial borliq sifatida namoyon bo’ladi, 

zero unda mumkin bo’lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni zamonda 

unda aktual tarzda hech narsa yo’q

1

.  


Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) 

nuqtayi  nazaridan  biz  yashayotgan  Olam  ham  dunyoda  yagona  emas,  chunki  u 

rivojlanishning  turli  sikllarini  boshdan  kechirayotgan  turli  Olamlarning  cheksiz 

sonidan  tashkil  to’adi.  SHu  ma’noda  borliq  va  yo’qlikning  o’zaro  aloqasi  ham 

nisbiy xususiyat kasb etadi.  

Ikkinchidan,  amalda  mavjud  bo’lgan  narsaning  ob’ektiv  borlig’i  yo’qlikka 

chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa 

sifatida  fikrlanayotgan  bo’lsa,  bu  narsa  ongda  mavjud  bo’ladi  va  o’zining 

«ikkinchi»  borlig’ini  saqlaydi,  ayni  holda  u  dastlabki  ob’ektning  nusxasi,  ideal 

obraz bo’lib qoladi.  

SHunday  qilib,  o’tgan  zamondagi  borliq  yo’qlikdir,  deb  aytish  mumkin. 

Borliq  doim  hozirgi  zamonda  mavjud  bo’ladi,  u  faqat  hozirgi  zamonda  o’zini 

namoyon  etadi,  basharti  u  dolzarb  va  amalda  namoyon  bo’lish  imkoniyatiga  ega 

bo’lsa,  agar  u  potentsial,  ya’ni  axborot  manbalarida  mavjud  yoki  uning  paydo 

bo’lishi  ob’ektiv  rivojlanish  mantig’i  bilan  belgilangan  bo’lsa.  Amalda  yo’q 

bo’lgan  narsa  haqida  ideal  obraz  sifatida  fikrlash  mumkin.  Boshqacha  aytganda, 

unga  ideal  obraz  tarzidagi  ideal  borliq  shakl-shamoyilini  berish  mumkin. 

O’tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu ma’noda so’z yuritishimiz mumkin.  

Ayni  shu  ma’noda  biz  g’oyalar,  narsalar,  voqealar,  tarixiy  shaxslar  yoki 

o’zimizga  yaqin  odamlar  to’g’risida  so’z  yuritamiz,  bunda  ular  yo’qlikka 

aylanmagani,  balki  yangicha  mavjudlik,  xotira  tarzidagi  o’zgacha  borliq  kasb 

etganini nazarda tutamiz.  

                                                 

1

 Qarang: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология



гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – S.93. 


SHunday  qilib,  borliq  falsafiy  kategoriya  sifatida  dunyoni  butun  rang-

barangligi  va  turli-tuman  namoyon  bo’lish  shakllari  bilan  yaxlit  aks  ettirish 

imkonini beradi. Bunda narsalar, predmet lar, hodisalar o’z xususiyatlari, xossalari 

bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo’lmish insonni 

bilish yo’lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-

barangligi, turli darajalari, ko’rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar 

haqidagi  mulohazalarning  asosiy  koordinatalar  sistemasi  belgilanadi.  Buning 

uchun mohiyat, hodisa, substantsiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi 

falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi.  

Inson o’zi va umuman dunyo haqida o’ylar ekan, odatda muayyan narsalar va 

ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko’radi. Ayni zamonda u o’zini qurshagan dunyoni 

sinchiklab  o’rganish  va  uning  butun  rang-barangligini  tushunib  etish  uchun 

muayyan  tayanch  nuqtasi  bo’lib  xizmat  qiladigan  qandaydir  asosning  shak-

shubhasiz  mavjudligini  qayd  etadi.  Falsafa  tarixidan  biz  bunday  asos  sifatida, 

masalan,  Suqrotdan  oldingi  qadimgi  yunon  faylasuflarida  tabiat  elementlari, o’rta 

asrlar  falsafasida  Xudo,  Dekartda:  «Men  fikrlaya’man,  demak,  mavjudman», 

degan ongli inson amal qilganini ko’ramiz.  

Ammo  inson  bilishning  bu  birinchi  bosqichida  to’xtab  qolmagan  va  o’zini 

qurshagan  borliqning  ko’p  sonli  turli-tuman  holatlari  orasida  qolgan  barcha 

narsalardan  sezilarli darajada  farq  qiladigan narsalarni, borliqning  ayni  shu  shakli 

voqelikning  boshqa  shakllari  va  holatlaridan  nima  bilan  farq  qilishini  aniqlashga 

harakat  qilgan.  Bugungi  kunda  insoniyat  borliqning  ko’p  sonli  turli-tuman 

shakllaridan  ularning  ayniqsa  aniq  bo’lgan  bir  nechtasini  farqlash  imkonini 

beradigan tajriba va bilim to’pladi. 




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling