4-mavzu. Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi


Download 50.09 Kb.
bet3/14
Sana19.11.2023
Hajmi50.09 Kb.
#1787154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-Borliq falsafasi (Ontologiya)

Aristotel (miloddan avvalgi 322-384 yillar). «Borliq nima?» degan savolga javobda Aristotel, bizni tafakkur va borliqning bir xilligi g‘oyasiga qaytaradi. Aristotelning fikricha, «borliq kategorial so‘zlash shakllari orqali ifodalanuvchi barcha narsalarga o‘z-o‘zidan bog‘lanadi. Zero, bunday so‘zlash usullari qancha bo‘lsa, borliq ham shuncha ma’noda ifodalanadi. Ayrim iboralar narsaning mohiyatini, ayrimlari - sifatini, ayrimlari - miqdorini, ayrimlari – nisbatini, ayrimlari – harakati yoki o‘zgarishini, ayrimlari – «qaerda»ligini, ayrimlari – «qachon»ligini anglatgani sababli, borliq ularning har biriga mos ma’nolarga ega bo‘ladi»2.
Aristotel ontologiyasi asosida uchta ta’limot yotadi:
a) borliqning kategorial tahlili (kategoriyalar haqidagi ta’limot)
b) borliqning kauzal tahlili (borliqning sabablari haqidagi ta’limot)
v) borliqning imkoniyat va voqelik munosabati orqali tahlili. (imkoniy borliqdan voqelikka o‘tish jarayonining tahlili).
Demak, Aristotel ontologiyasini tushunish uchun ana shu uch ta’limot yoki tahlil mazmuniga tayanish kerak .
Borliq tushunchasini Platon (mil. av. 427-347 yillar) sezilarli darajada kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega ekanligini falsafa tarixida birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq» bo‘lishi «ob’ektiv mavjud g‘oyalar dunyosi»ni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo‘ydi. Bunda u inson ongida mustaqil mavjud bo‘lgan tushunchalar borlig‘ini ham ko‘rsatib o‘tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» tushunchasiga amalda mavjud bo‘lgan barcha narsalarni kiritdi.
Xususan, O‘rta asrlar G‘arb va SHarq falsafasida «haqiqiy borliq - «Xudoning borlig‘i» va «haqiqiy bo‘lmagan», ya’ni Xudo yaratgan borliq farqlanadi. O‘rta asrlarda borliqning oliy asosi Xudodir, degan g‘oya ilgari surildi. Barcha barkamolliklar yig‘indisi sifatida Xudo mavjudlik xususiyatiga ham egadir, chunki mavjud bo‘lmagan mavjudot nomukammaldir. Binobarin, hamma narsaning mavjudligi Xudoda mujassamdir. Xudo borligi to‘g‘risidagi ontologik dalilning shiorlaridan biri ana shundan iboratdir. Unga ko‘ra, butun dunyoni bir joyga bo‘ysunish, quyi va oliyning subordinatsiyasiga asoslangan ierarxik tuzilmalar qamrab olgan. Bunda inson ruhi va ilohiy asosning o‘zaro ta’siri masalasi bosh muammoga aylanadi.
Foma Akvinskiy ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, ya’ni substansiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g‘oyalaridan foydalanib, din haqidagi ta’limotni ularga to‘la bo‘ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo‘lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga bog‘liqdir. Xudo esa sof ma’naviy mavjudot. SHaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi. Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o‘z-o‘zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo‘lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi zamon katolik cherkovi ham foydalanuvchi o‘z dalil-isbotini taklif qiladi. Demak, o‘rta asrlarning borliq muammosi teotsentrik xususiyatga ega.

Download 50.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling