Moddaning to lqin xususiyatlari. Shedringer tenglamasi Reja: De-Broyl gipotezasi
Download 236.5 Kb.
|
Moddaning to lqin xususiyatlari. Shedringer tenglamasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. De-Broyl gipotezasi.
- 2. De – Broyl to’lqin uzunligi va uning xossalari.
- 3. Mikrozarralar to’lqin xususiyatlarining amaliy isboti.
Moddaning to lqin xususiyatlari. Shedringer tenglamasi Reja: 1. De-Broyl gipotezasi. 2. De – Broyl to’lqin uzunligi va uning xossalari. 3. Mikrozarralar to’lqin xususiyatlarining amaliy isboti. 4. Geyzenbergning aniqmaslik ifodasi. 1. De-Broyl gipotezasi. Frantsuz fizigi Lui-de-Broyl yorug’lik tabiati tug’risidagi dualistik ya'ni korpuskulyar va to’lqin xususiyatlari to’grisidagi fikrni rivojlantirib 1924-yilda korpuskulyar to’lqin dializmining universalligi to’g’risidagi gipotezani ilgari surdi. Bunga ko'ra nafaqat fotonlar yoki elektronlar emas balki materiyaning istalgan zarrachalari bir vaqtning o'zida ham korpuskulyar ham to'lqin xususiyatiga egadir. 2. De – Broyl to’lqin uzunligi va uning xossalari. De- Broylga ko'ra har qanday mikroob'ekt bir tomondan korpuskulyar xarakterga Ye – ener-giyasi va R - impulsi bilan; boshqa tomondan esa to'lqin xarakteristikasi ν - chastota va λ - to'lqin uzunligi bilan bog’landi. U holda elektromagnit nurlanish fotoni uchun o'rinli bo'lgan quyidagi munosabatni modda zarralari uchun ham qo'llash mumkin. Shuning uchun massasi m, tezligi v (ya'ni impulsi R = mv) bo'lgan zarrachaning harakatlanish jarayonida uzunligi bo'lgan to'lqinlarning xususiyatlari namoyon bo'lishi kerak, degan xulosaga keladi. Ifodani De Broyl formulasi deb, λ ni esa De - Broyl to'lqin uzunligi deb atash odat bo'lgan. De-Broyl gipotezasining to'g’riligi ko'pgina tajribalarda tasdiqlandi. 3. Mikrozarralar to’lqin xususiyatlarining amaliy isboti. De - Broyl gepotezasi to'g’ri bo'lsa, elektronlar uchun difraktsiya hodisasini kuzatish lozim. Haqiqatan, 1927-yilda Devisson va Jermer tajribasida bu fikr tasdiqlandi. Bu tajribaning sxemasi. Q izdirilgan K katoddan chiqqan termoelektronlar katod va A anod oralig’idagi elektr maydon ta'sirida tezlatiladi. Elektronlar dastasi D1 va D2 diafragmalar yordamida ingichka dasta yordamida Kr kirstallga undan sochilgan elektronlar esa ionzatsion kamera (IK) ga tushadi. Ionizatsion kamerada vujudga kelgan tok galvanometr yordamida o'lchanadi. Tajribada ionizatsion kamerani siljitish yordamida turli burchaklar ostida sochilgan elektronlarni qayd qilish imkoniyati mavjud edi. Tajribalar natijasi shuni ko'rsatdiki, sochilish burchagining o'zgarishi bilan ionizatsion kameradagi tok kuchi monoton ravishda o'zgarmaydi, balki bir qator maksimumlar kuzatiladi. Keyinchalik, elektronlar difraktsiyasi boshqacha usullar bilan o'tkazilgan tajribalarda ham kuzatiladi. Xususan P.S.Tartakovskiy ham Tomson va Reyd juda yupqa metall folga (zar) orqali o'tish jarayonida vujudga kelgan elektronlar difraktsiyasini tekshirdilar. Download 236.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling