MIKRO VA MAKROZARRALARNING TO‘LQIN XUSUSIYATLARI.
DE-BROYL GIPOTEZASI. DE-BROYL TO‘LQINLARINING XUSUSIYATLARI. DE-BROYL GIPOTEZASINING TAJRIBADA TASDIQLANISHI. DEVISSON VA JERMER TAJRIBALARI. TOMSON VA TARTAKOVSKIY TAJRIBALARI. DE-BROYL TO‘LQINLARINING STATISTIK TALQINI. NOANIQLIK MUNOSABATLARI
Reja:
Mikro va makrozarralarning to‘lqin xususiyatlari.
De-Broyl gipotezasi.
Yassi to‘lqinlar va fazaviy tezlik.
To‘lqin paket va guruhiy tezlik.
To‘lqin paket gipotezasining kamchiligi.
Mikrozarralarning De-Broyl to‘lqin uzunliklari.
De-Broyl gipotezasining tajribada tasdiqlanishi.
Devisson va Jermer tajribalari.
Tomson va Tartakovskiy tajribalari.
Noaniqlik munosabatlari
Mikro va makrozarralarning to‘lqin xususiyatlari. Kvant mexanikasida o‘rganiladigan namunalarning (mikrozarralar – elektron, proton, neytron, yadro, atom va boshq.) chiziqli o‘lchami 10–810–15 m tartibidadir. Agar zarra c tezlik bilan harakatlansa, norelyativistik kvant mexanikasi bilan ish ko‘riladi. Mikrozarralar ustida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mikrozarralar ham to‘lqin ham zarra xossasiga ega. To‘lqin xossasi ularning tarqalish jarayonida (interferensiya, difraksiya hodisalari), zarra xossasi esa zarralarning o‘zaro ta’sirida (fotoeffekt, kompton effekti va boshqalarda) namoyon bo‘ladi. Oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan zarralar makrozarralar deyiladi. Mikro va makrozarralar orasida muhim farq yo‘q. Zarralarda to‘lqin xossalari namoyon bo‘lishi uchun zarralar tarqalishi jarayonida paydo bo‘ladigan to‘lqin uzunligi zarralar sochiladigan namunaning o‘lchamidan katta bo‘lishi kerak, ya’ni d bo‘lishi talab qilinadi. Bunda d – namunaning o‘lchami, – tarqalayotgan zarraning to‘lqin uzunligi. d bo‘lgan hollarda zarraning tarqalish jarayonida uning to‘lqin xossasi namoyon bo‘ladi va bunda kvant mexanikasi qonunlarini tatbiq qilish lozim. d bo‘lgan hollarda zarraning to‘lqin xossasi namoyon bo‘lmaydi, bu holda kvant mexanikasini tatbiq qilish talab qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |