4-mavzu: Boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan malaka talablari


Download 439.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana27.03.2023
Hajmi439.38 Kb.
#1298580
1   2   3   4
Bog'liq
4-ma\'ruza

2. Kasbiy talablar. Ta’kidlangan hujjatda amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf 
o’qituvchilari uchun quyidagi kasbiy talablar qo’yilgan: 
- oliy pedagogik ma’lumotga ega bo’lish; 
- davlat ta’lim standartlarini va o’qitilayotgan o’quv fanlari dasturlari talablarini bilish; 


- umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish; 
- sinflar, laboratoriyalar va to’garaklar xonalarini jihozlashni bilish
- o’quv–tarbiya jarayonini tashkil etish va sifatini ta’minlash printsiplariga amal qilish; 
- o’quv fanlarining mazmuni va ularni o’qitishda izchillikka amal qilish; 
- o’quvchilarning umumiy va yosh psixologiyasini bilish
- o’qitishning interaktiv(innovatsion, integratsion – Z.U.)metodlarini bilish; 
- o’quvchilarni milliy g’oya asosida ma’naviy va axloqiy tarbiyalash metodologiyasini 
bilish; 
- boshlang’ich sinf o’quvchilarini kasblar haqida tushunchalarini shakllantirishni bilish; 
- o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan muomalada etika va estetika normalariga rioya 
qilish; 
- sinfdan (darsdan) tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasini bilish
- belgilangan sanitariya-gigshiena normalarini bilish. 
Diqqat qilinsa, amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun muhim kasbiy 
talablar belgilangan.
Eslatib o’tish joizki, amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilari ushbu umumiy va 
kasbiy talablarga rioya qilishi bilan faoliyat samaradorligiga erishadi hamda belgilangan 
kategoriyalarni egallaydi. Ularning mazkur talablarga rioya qilib borishi Malaka oshirish 
tizimida nazorat qilinadi hamda kuchaytirib boriladi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida ana shu umumiy 
va kasbiy talablarni o’zlashtiradi.
SHunday qilib boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan malaka talablari davlat 
tomonidan belgilanadi, ularni o’zlashtirish va ularga amal qilish boshlang’ich sinf 
o’qituvchisining professionalligini ta’minlaydi (6-chizma):
 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi kasbiy qiyofasi uchun qanday talablar 
qo’yiladi? 
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
kompetentligi
1. Bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchisi qiyofasi
2. Bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchisini kasbiy tayyorlash
3Amaliy faoliyatdagi boshlang`ich sinf 
o`qituvchi;arining malakaviy 
tayyorgarligigga qo`yiladigan talablar
Bolaparvarlik 
O’z kasbini sevishi 
Pedagogik mahoratli 
bo’lish 
O’z ustida doimiy ishlash 
Ilmiy pedagog malakali 
qilib tayyorlash 
Raqobatbardosh kadr 
sifatida tayyorlash 
Insoniylik va ma’naviy salohiyatni 
voyaga yetkaziш 
Pedagogik qonuniyatlar va 
texnologiyalar bilan 
tanishtirish 
Pedagogik samaradorlik
Pedagogik ijodkorlik
Kasbiy talablar 
Umumiy talablar 
Yetuk boshlang’ich sinf 
o’qituvchisi 


2. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisini kasbiy tayyorlashda va ularni amaliy 
faoliyatga yo’naltirishda fanday malaka talablariga asoslaniladi? 
3. Amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan talablardan 
xabaringiz bormi? 
4. Amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining malakaviy tayyorgarligini 
oshirib borish bo’yicha nimalarni bilasiz? 
Topshiriq: pedagogik amaliyot 
Bo’lajak va amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan malaka 
talablarini yodlang va o’zlashtiring.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy qiyofasiga qo’yiladigan talablarni eslab qoling 
va ularning o’zingizda mavjud jihatlarini aniqlang. 
O’qituvchining qiyofasiga (imijiga) doir pedagogik adabiyotlar bilan tanishing. 
 

Download 439.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling