4 mavzu. Bozorni sifat ko’rsatkichlar bilan egallash strategiyasi


«Parterning umumiy strategik modeli»


Download 53.63 Kb.
bet2/6
Sana18.12.2022
Hajmi53.63 Kb.
#1027903
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
маъруза 04 МБР

«Parterning umumiy strategik modeli». Bunda korxona barcha imkoniyatlarini bozordagi bir segmentga qaratadi, tovar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga, mahsulotga past baho belgilab iste'molchilarni ko`proq jalb etadi va sotish hajmini oshiradi. Boshqa holatda esa, raqobatchilar yo`q bozorni yangi tovar assortimenti bilan egallab oladi.
«Tovarlar (bozorlar imkoniyatlari qolipi (matrisasi))». Bu yondashishda foydani ko`paytirish birinchidan — tovar harakatini o`zgartirmagan holatda bozorni kengaytirish; ikkinchidan — hali talab qondirilmagan bozorlarga kirib borish; uchinchidan — korxona bozorda yaxshi tanilgandan so`ng yangi tovar ishlab chiqarish yoki modifikatsiyasini o`zgartirish; to`rtinchidan — yangi bozorlar uchun yangi tovarlar ishlab chiqarish orqali erishiladi.
«Boston konsalting guruhi qolipi». Ushbu yondashish orqali bozorda foyda olish, korxona faoliyat ko`rsatadigan hududlardan eng samarali strategik xo`jalik bo`limlarini tanlash bilan amalga oshiriladi.
Birinchi hudud — «yulduzlar» (katta talab va bozorda yuqori ulushga erishilgan). Bu hududni e'zozlab, yanada mustahkamlash choralari ko`riladi. Bozordagi ulushni saqlash uchun narxlarni pasaytirish, reklama xarajatlarini ko`paytirish, mahsulot turlarini o`zgartirish va boshqalar amalga oshiriladi.
Ikkinchi hudud — «Sog`in sigirlar» (past talab, ammo bozorda firmani ulushi yuqori). Bu hududga qattiq nazorat o`rnatiladi.
Uchinchi hudud — «qiyin tarbiyali bolalar» (talab yuqori, ammo bozorda ulush kam). Bu hudud imkoniyatlarini o`rganisg va «YUlduzlar» hududi darajasiga ko`tarilishi ehtimoli bormi yoki yo`qmi? qerak b>'lsa, harakatni ko`paytirish zarur.
To`rtinchi hudud — «Itlar» (past talab va bozorda oz ulush).
Agar bunday hududni egallab turishga keskin sabab bo`lmasa, undan qutulish kerak.
Marketing rejasi asosiy hujjat bo`lib, kim? nima? qachon? va qayerda? hamda qaysi yo`l bilan aniq vazifani bajarishi shart degan savollarga javoblarni ifodalaydi. Taktik rejalashtirish yaqin muddatga assortiment, savdo, baho, reklama, moliya, kadrlar va boshqalar bo`yicha korxona siyosatini belgklaydi.
- mahsulot assortimentini rejalashtirish — bo`lajak iste'molchilar guruhini va ular talabini aniqlash, mahsulotni texnik ko`rsatkichlarini va iste'mol qiymatlarini muvofiqlashtirish, uning raqobatbardoshligini baholash, upakovkani (o`ram) rivojlantirish, tovar turlarini yangilash va boshqalarni o`z ichiga oladi;
— tovar harakati yo`nalishlarini va sotishni rejalashtirish—tovarlar oqimi yo`llarini, qancha zahiraga ehtiyoj borligini, transport orqali tashish, qayta upakovka (o`ram) qilish, tovar oborot va sotishdan keyingi xizmat qilish kabilarni aniqlashdan iborat;
— reklama va sotishni rag`batlantirishni rejalashtirish — reklama vositalarini tanlash, sotuvchilarni va xaridorlarni rag`batlantirish usullarini aniqlash, raqiblarga ta'sir ko`rsatish yo`llarini baholash demakdir;
— moliyaviy ko`rsatkichlar.ni rejalashtirish — shu jumladan; marketing xarajatlarini aniqlash, bahoni belgilash (talab xarajatlar, raqobatchilar, marketing tadbirlaridan olinadigan daromadga asoslanib)ni tashkil etadi;
— kadrlar bilan ta'minlashning rejasi—rahbariyat va mutaxassislarni joy-joyiga qo`yish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, maslahatchilarni yollash, boshqa korxonalar tajribasini o`rganishni o`z ichiga oladi.
Marketing nazorati uch xil shaklda olib boriladi: strategik, yillik va rentabellikni tekshirib borishdan iborat. Strategik nazorat — ma'lum davr mobaynida korxona marketing faoliyatini har tomonlama taftish qilib, uning bozordagi haqiqiy holatiga mos kelish-kelmasligini aniqlashdir. Yillik rejali nazoratda sotish hajmi, bozordagi ulushi, iste'molchilarning tovarlarga bo`lgan munosabati va boshqalar tahlil qylinadi. Korxonaning foyda va zararlari balansi orqali va foydaning xarajatlariga solishtirish yo`li bilan uning rentabelligini nazorat qilinadi.
Demak, marketing dasturi tadbirkorlar uchun yo`lchi yulduz hisoblanadi.




  1. Download 53.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling