2019-yil 1-iyulidan:
davlat organlarida yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlari majburiy baholab borilishi;
korrupsiya xavf-xatariga eng koʻp duch keladigan davlat xizmatchilarining roʻyxati shakllantirilishi;
davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi;
2019-yil 1-sentabrdan:
yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berilishi;
2019-yil 1-avgustdan:
Eksperement tariqasida kapital qurilish va oliy taʼlim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilishi v 5 ta qonun va qator qonunosti hujjatlari unifikatsiya qilinib, yaxlit tarzda Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilindi. Saylov Kodeksiga muvofiq:
Qonunchilik palatasida deputatlik oʻrinlari uchun Oʻzbekiston ekologik harakati vakillariga kvota ajratish instituti chiqarib tashlandi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mahalliy Kengashlarga nomzod koʻrsatish tartibi bekor qilindi;
siyosiy partiyalarga saylovda qatnashish huquqini beruvchi imzo yigʻish jarayonida saylovchilar tomonidan bir yoki bir nechta partiyalarni qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyishlari mumkinligi belgilandi;
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning saylovda ishtirok etishini cheklovchi normalar chiqarib tashlandi;
Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarining maqomi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga tenglashtirildi;
Qator xalqaro tashkilotlar, xususan, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi hamda Venetsiya komissiyasi tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |