Mavzu: Saylov tizimi va undagi islohotlar


Download 19.71 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi19.71 Kb.
#1010525
  1   2
Bog'liq
34 Saylov tizimi


Mavzu: Saylov tizimi va undagi islohotlar.


Reja:

  1. Saylov tizimi

  2. Respublikamizdagi o’zgarishlar

  3. Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan va yaqinda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi bu borada mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan va yaqinda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi bu borada mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbarining ushbu muhim tashabbusi 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida oʻz ifodasini topgan edi.
“Siyosiy hayotimizda muhim ahamiyatga ega boʻlgan saylov qonunchiligi haqida ham toʻxtalib oʻtmoqchiman, — deya taʼkidlanadi Murojaatnomada. — Bu borada qabul qilingan oltita qonun va bir qator qonunosti hujjatlari, afsuski, haligacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmagan. Shu sababli xalqaro norma va standartlarga javob beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish lozim. Shuningdek, 2019-yilda hokimiyatning vakillik organlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tadbirlar dasturini ishlab chiqishga hozirdan kirishish kerak. Dasturda mazkur siyosiy jarayon yanada oshkoralik ruhida oʻtishini taʼminlaydigan yangi, ilgʻor amaliyotni joriy etishga alohida eʼtibor qaratish zarur”.
Bugun jahonda ikki yuzga yaqin davlatlar bor. Lekin xalqaro norma va standartlar asosida ishlab chiqilib, loyihasi keng jamoatchilik, taʼbir joiz boʻlsa, saylov qonunchiligi borasida “qilni qirq yoradigan” xalqaro ekspertlar tomonidan batafsil muhokama qilinib, umumeʼtirof etilgan xalqaro saylov standartlariga mos, puxta, ixcham va yaxlit shaklda qabul qilingan bunday mukammal Kodeks yaratish sanoqli mamlakatlargagina nasib etgan.
Tabiiyki, inson huquqlari har tomonlama oʻzining yorqin ifodasini topgan bunday keng qamrovli, puxta, demokratik ruhdagi kodeksni xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqish hamda qabul qilish bir kunda va bir zarb bilan boʻladigan ish emas. Buning uchun, eng avvalo, katta donishmandlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, milliy anʼanalar hamda zamonaviy demokratiya gʻoyalariga ulkan sadoqat va kuchli siyosiy iroda talab etiladi. Shu bilan birga, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy, demokratik muhit va tamoyillar mustahkam qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, erkin, ochiq saylov tizimi — huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining eng zarur omillaridandir. Chunki saylov orqali fuqarolar davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita ishtirok etadi.
Saylov kodeksining qabul qilinishi, amaliyotga joriy etilishi yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning amaliy samarasi boʻlishi qatorida, istiqlol yillarida shakllangan milliy saylov qonunchiligimizni, demokratik saylovlarni oʻtkazish boʻyicha qariyb 30 yillik tajribamizni yanada mustahkamlash va takomillashtirish sari qoʻyilgan katta qadam boʻldi.
Fuqarolarning saylovga doir huquqlarini amalga oshirishga oid mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqish vazifasi, uning ijrosini taʼminlash Prezidentimizning 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” Davlat dasturini tasdiqlashga doir Farmonida aniq belgilab berildi. Dasturga binoan, Markaziy saylov komissiyasi raisi rahbarligida Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, ekspertlar ishtirokida ishchi guruhi tuzildi.
Kodeks loyihasini tayyorlash jarayonida ishchi guruhi tomonidan 20 dan ortiq davlat, jumladan, Fransiya, Niderlandiya, Kanada, Italiya, Shve­siya, Belgiya, Polsha, Albaniya, Belarus, Ozarbayjon, Turkiya kabi mamlakatlar tajribasi hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlar puxta oʻrganib chiqildi. Saylovga doir 10 dan ortiq xalqaro hujjatlar atroflicha tahlil qilinib, ularning asosiy gʻoya va standartlari loyiha normalariga chuqur singdirildi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi pakt, YEXHTning insoniylik mezonlari toʻgʻrisidagi hujjatlari shular jumlasidandir.
Kodeks loyihasi jamoatchilik muhokamasini tashkil etish maqsadida 2018-yil 19 ­iyulda Oliy Majlis palatalari tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda Amaliy harakatlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) tasdiqlandi. Unga muvofiq, loyiha besh turdagi muhokama va ekspertizadan oʻtkazildi.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi. Shu maqsadda Saylov kodeksi loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (www.regulation.gov.uz) jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi hamda Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida (www.elections.uz) oʻzbek va rus tillarida joylashtirildi. Loyiha yuzasidan ommaviy axborot vositalari, xususan, gazeta-jurnallar, radio va televideniye, ijtimoiy tarmoqlarda saylovchilar, olimlar, deputatlar, ekspertlar, siyosiy partiyalar faollari va jurnalistlar tomonidan yuzlab chiqishlar amalga oshirildi.
Ishchi guruhi tashkil etgan yana bir yoʻnalish kodeks loyihasi yuzasidan bevosita amaliyotchilarning fikr-mulohazalarini olish bilan bogʻliq boʻldi. Boshqacha aytganda, loyiha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari rahbarlari, uning aʼzolari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari va mutaxassislari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Download 19.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling