4-mavzu. Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida Reja


Download 69.71 Kb.
bet13/13
Sana15.03.2023
Hajmi69.71 Kb.
#1270104
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
matem 4-maruza

Esda saqlash deganda ilgari tug`ilgan taassurot, fikr, his-tuyg`u va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari bo`lib o`tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo`lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo`lmaganda zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Shunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo`lgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reminissensiya hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashg`ul bo`lganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning ko`p qismi unutiladi. Materialni o`qib o`rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir necha vaqt o`tgandan keyin uni to`la xotirlay olishlikning sababi materialni o`qib, o`rganib olishda ro`y beradigan charchashdir.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligiga o`zlashtirilayotgan materialning ma`noga ega yoki ega emasligiga bog`liqlikdan tashqari yana bir nechta omillar o`z ta`sirini ko`rsatadi va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog`liq. Shuningdek, ular shaxsning shaxsiy, individual xususiyatlariga ham bevosita bog`liqdir.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:



  1. Diqqat deb nimaga aytiladi?

  2. Diqqatning qanday turlari mavjud?

  3. Irodaviy diqqatga ta`rif bering?

  4. Ichki va tashqi diqqat tavsifi?

  5. Ixtiyoriydan songgi diqqat mazmuni?

  6. Diqqat xususiyatlarini sanab bering?

  7. Diqqatning kuchi va bo`linish xususiyati mazmuni?

  8. Diqqatning chalg`ishi deganda nimani tushunasiz?

  9. Diqqatning nerv-fiziologik asosi?

  10. Diqqat ko`lami qanday asbob yordamida o`lchanadi?

  11. Ruhiy bilish jarayonlarini sanab o`ting?

  12. Xotira deb nimaga aytiladi?

  13. E.G`.G`oziyev bo`yicha xotira turlari?

  14. Xotira nazariyalarini bilasizmi?

  15. I.Pavlov bo’yicha xotira turlari?

Download 69.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling