4-mavzu. Elektr tok kuchi birligi amperga doir masalalar va ularni yechish. (4 soat)


Download 0.9 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1493210
Bog'liq
4-mavzu. Elektr tok kuchi birligi - amperga doir masalalar va ularni yechish. (4 soat)


4-mavzu. Elektr tok kuchi birligi - amperga doir masalalar va ularni yechish. (4 soat)
Reja.
1. Elektr tok kuchi birligi – amper.
2. Mavzuga doir misol va masalalar yechish.

Tok kuchi va qarshilik uchun «Xalqaro birliklar» deb atalgan birliklar 1893 yilda Chikagoda o‘tkazilgan Xalqaro Elektr Kongressida tasdiqlangan va «Xalqaro amper» va «Xalqaro om»larning ta’riflari 1908 yildagi London kongressida qabul qilingan edi.


Garchi 8-O‘TXK da ham elektr sohasiga tegishli «Xalqaro birliklar» ning «Mutlaq birliklar» bilan almashtirilishi yakdillik ma’qullangan bo‘lsa hamki, bu faqat 9-O‘TXK (1948) da O‘TXI taklif etgan quyidagi ko‘rinishda qabul qilindi:
Amper – vakuumda bir-biridan 1 metr masofa uzoqlikda joylashgan cheksiz uzun va o‘ta kichik ko‘ndalang kesimga ega ikki parallel o‘tkazgichdan o‘tganda, o‘tkazgichning har 1 metr uzunligida 2∙10−7 Nyuton o‘zaro ta’sir kuchi hosil qiladigan o‘zgarmas tok kuchiga teng.
Bundan kelib chiqadiki, tarqalish muhitining magnit singdiruvchanligi nomi bilan ham ataladigan, magnit doimiysi - μ0 ning qiymati μ0=4π∙10−7 Genri taqsim metrga aniq teng. μ0=4π∙10−7 Gn/m (H/m). 1946 yildagi asosiy matnda ko‘rsatilgan «MKS kuch birligi» so‘zi bu joyda, 9-O‘TXQ tomonidan tasdiqlangan «nyuton» so‘zi bilan almashtirildi.








Mustaqil ishlash uchun masalalar
1. O’tkazgichdagi tok kuchi t1=10 s vaqt davomida I0=0 dan I=3 A gacha bir tekis o’sadi. O’tkazgichdan o’tgan zaryad Q aniqlansin.
2. Balandligi h=20 sm va asoslarining radiuslari r1=12 mm va r2=8 mm bo’lgan, to’g’ri kesik konus ko’rinishida yasalgan grafit o’tkazgichning qarshiligi R hisoblansin. O’tkazgichning harorati t=20º C.
3. EYUK E=1.5 V bo’lgan tok manbaiga R=0.1 Om qarshilikli g’altakni uladilar. Ampermetr I1=0.5 A tok kuchini ko’rsatdi. Tok manbaiga xuddi shunday EYUK li yana bitta tok manbaini ketma-ket ulaganlarida o’sha g’altakdagi tok kuchi I=0.4 A bo’ldi. Birinchi va ikkinchi tok manbalarining ichki qarshiliklari r1 va r2 lar aniqlansin.
4. EYUK E=12 V va ichki qarshiligi r=0.4 Om bo’lgan ikkita bir xil tok manbai a, b rasmlarda ko’rsatilgandek qilib ulangan. Birinchi va ikkinchi hollar uchun zanjirdagi tok kuchi I hamda A va B nuqtalar orasidagi potensiallar farqi U aniqlansin.

5. EYUK lari E1=12 V, E2=5 V, E3=10 V va r=1 Om bir xil ichki qarshilikli uchta batariya bir xil ismli qutblari bilan o’zaro ulangan. Tutashtiruvchi simlarning qarshiliklari juda kichik. Har bir batariyadan oqayotgan tok kuchi I aniqlansin.

2-rasm
6. Qarshiligi R=12 Om bo’lgan o’tkazgichdagi tok kuchi t=10 s davomida I0=5 A dan I=0 gacha bir tekisda kamayadi. Ko’rsatilgan vaqt davomida shu o’tkazgichda qancha issiqlik miqdori Q ajraladi.




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling