4-mavzu: falsafaning metod, qonun va kategoriyalari vaqt 2-soat Reja


v) O’zgarish, rivojlanish jarayonida o’z-o’zini inkor etish tamoyili amal qiladi. Inkorni-inkor


Download 101.07 Kb.
bet6/14
Sana20.01.2023
Hajmi101.07 Kb.
#1105095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4-mav

v) O’zgarish, rivojlanish jarayonida o’z-o’zini inkor etish tamoyili amal qiladi. Inkorni-inkor eski bilan yangi orasidagi vorisiylik, dialektik bog’liqlikni, taraqqiyotning quyi bosqichidagi ba’zi jihatlarning yuqori bosqichda takrorlanishini bildiradi.
Inkorni-inkor rivojlanishning yo’nalishini ifodalaydi.
Tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalarning takrorlanish xarakteriga ega ekanliklarini qadimgi dunyo mutafakkirlari ham bilganlar va ular bu takrorlanish tamoyillarini aniqlashga harakat qilganlar.
Bir latifada Oksford universitetning ikki talabasi mehmonxona xo’jayinini jamiyat voqea-hodisalari har yuz yilda bir marta takrorlanadi, deb laqqillatmoqchi bo’lgani, mehmonxona xo’jayini ularning bu "kashfiyoti" bilan o’zlarini mot qilgani haqida gap ketadi.
Lekin Pifagor dunyoni doiraviy, aynan qaytarilish nazariyasining muddatini ham aniqlashga uringan.
Inkorni-inkor dialektikasi birinchi marta Gegelning falsafiy tizimida o’z ifodasini topdi. Tezis-antitezis-sintez...
Amaliy hayotda inkor yo’q deyish, rad qilish, yo’qotish... Mexanik, metafizik inkor.
Dialektik inkor o’zining bir qator xususiyatlariga ega: 1) ob’ektiv; 2) narsa, hodisaning ichki rivojlanishi natijasi; 3) to’liq bo’lmagan inkor; 4) vorisiylikka asoslanadi; 5) ilgarilama harakatning qonuniy bosqichi, taraqqiyotni ifodalaydi; 6) konkret-tarixiy; 7) inkor etilayotgan narsaning ijobiy tomonlarini umumlashtiradi, ya’ni sintezlashtiradi.
Inkor jarayondir, u doimo harakatda, yangilanishda. Har qanday yangi davr o’tib eskiradi, o’rnini yangi egallaydi. Bu jarayon uzuliksizlik xarakteriga ega. Yangining engilmasligi tamoyilining mohiyati shundaki, yangi konkret shart-sharoitdan, davr ehtiyojidan kelib chiqadi, uni davrning o’zi yaratadi. Davrga mos bo’lmagan belgilar, xossalar, xususiyatlar birin-ketin uloqtiriladi va nihoyat eski buyum, hodisaning o’ziga ham navbat etadi. Demak, har qanday yangi eskini inkor qilish asosida yuzaga keladi. Bu cheksiz jarayondir. Biror buyum, narsa rivojida ketma ket kelgan ikki inkor bir tasdiq alomatidir. Inkorni-inkor deyilishi mana shunga ishoradir. Inkorni-inkor qonuni taraqqiyotni quyidan yuqoriga, soddadan murakkabga, spiralsimon tarzda kechishini ko’rsatadi. Spiralsimonlik taraqqiyotda uchlari tutashmaydigan doiraviylikni bildiradi. Inkorni inkor universal xarakterga ega. Mustaqil O’zbekistonimiz hayotining barcha sohalarida tub o’zgarishlar amalga oshirilmokda: iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy, maorif va boshqa jabhalarda. Bu tub o’zgarishlar vorisiylik va davomiylikka asoslangan.
Mustaqillikni mustahkamlash jarayonida komil insonni tarbiyalash eng muhim dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Harakatlar strategiyasida mazkur sohada belgilab berilgan vazifalar muvaffiyatli amalga oshirilmoqda.
Falsafiy qonunning amal qilishini to’g’ri tushunish fan, ishlab chiqarish amaliyotidagi yutuqlarimiz kalitidir. 3. Fan va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bo’lgan va bilish jarayonida maxsus funktsiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar kategoriyalar deb nomlandi. Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o’zida aks ettiradigan o’ta keng tushuncha. SHunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalar va, falsafa kategoriyalar farqlanadi.
Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so’zlar bilan ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan o’zlashtiriladi, ba’zan ular mazkur hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. Ilgari ma’lum bo’lmagan hodisani ifodalash uchun sun’iy tarzda yaratilgan so’zlar – neologizmlar ham ancha ko’p uchraydi. Tabiiy tildan farqli o’laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya’ni erkin talqinga yo’l qo’ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega bo’ladi. Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o’rganar ekan, albatta o’z kategoriyalar apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differentsial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog’liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o’zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma’lum darajada umumiy bo’lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo’llaniladi va mazkur sohalarga xos bo’lgan aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi

Download 101.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling