4-mavzu: falsafaning metod, qonun va kategoriyalari vaqt 2-soat Reja


Download 101.07 Kb.
bet5/14
Sana20.01.2023
Hajmi101.07 Kb.
#1105095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4-mav

Falsafa qonunlari obyektiv dunyo, jamiyat va tafakkur hodisalarining o’zaro bog’liqligi va rivojlanishining eng umumiy va muhim tomonlarini ifodalaydi, moddiy va ma’naviy borliqni o’rganish va o’zgartirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
a) Qarama - qarshiliklar birligi va kurashi rivojlanishning ichki manbalari, sabablari, impulslarini ko’rsatib beradi.
Taraqqiyotning manbaini qidirish juda qadimdan boshlangan.
Kishilar o’sha davrlardayoq qarama-qarshi tomonlar, ular o’rtasidagi ziddiyatlar haqida fikrlar bildirganlar. CHunonchi, "Avesto" da ezgulik va yovuzlik olami o’rtasidagi kurash bosh mavzu bo’lib, asardagi butun voqealar ana shu asosga qurilgan.
Xitoy, Hindiston ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida ham qarama-qarshiliklar, ularning birligi, ziddiyatlar to’g’risida salmoqli fikrlar mavjud.
Dialektik tafakko’rning asoschilaridan biri Geraklitning "Tabiat haqida"gi parchalar tarzida etib kelgan asarida harakat, taraqqiyot ziddiyatlar tufayli amalga oshadi, degan ajoyib faraz ilgari suriladi. U qarama-qarshiliklar kurashini abadiy mavjud bo’lgan "yalpi logos", ya’ni qonuniyat deb atagan.
Nemis milliy falsafasining vakili Gegel ziddiyatlar to’g’risidagi ta’limotni chuqur ishlab chikdi va "ziddiyat har qanday harakatning va hayotiylikning tomiridir", degan nihoyat ahamiyatli fikrni tafakkur jarayoni bilan bog’ladi va ziddiyatlarni kelishish yo’li bilan bartaraf qilinadi, dedi.
Qarama-qarshilik narsa, hodisalarning bir-birining taqozo qiladigan, ayni paytda bir-birini inkor etadigan jihat, xususiyat, mayllar birligidir. Mas., magnitning qutbiy tomonlari, plyus va minus, jarangli va jarangsiz, unli va undosh, o’ng va chap, ezgulik va yovuzlik, hayot va o’lim, yaxshilik va yomonlik h.k.
Ayniyat - qarama-qarshiliklar birligi holati bo’lib, bu qarama-qarshi tomonlarning bog’liqligi va nisbatan mos kelishini ifodalaydi.
Tafovut tomonlarning ma’lum darajada o’zaro farqlanishidir. Ziddiyat qarama-qarshi tomonlar o’rtasidagi keskinlashgan tafovutlarning namoyon bo’lish shaklidir.
Ayniyat, tafovut, ziddiyat, qarama-qarshilik, konflikt buyum va hodisalarning ichki holati, rivojlanish darajasi va bosqichlaridir.
Qarama-qarshi tomonlar birligining buzilishi miqdoriy rivojlanishning sifat o’zgarishiga o’tishiga, yangi buyum, hodisaning vujudga kelishiga olib keladi. .
Tabiat va jamiyatdagi ziddiyatlar ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo’lmagan, antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar tarzida namoyon bo’ladi. Ularni konfliktologiya fani o’rganadi.
Ichki ziddiyatlar obyektiv dunyodagi hamma o’zgarishlarning, bir-biriga aylanishlarning tomiri, sababidir. Asosiy, bosh ziddiyatni to’g’ri aniqlab olish fan va amaliyotda o’ta muhimdir...
Umuman olganda, yuqorida keltirilgan ziddiyatlar nisbiy va ular bir-biriga o’tib turadi.
Ijtimoiy hayot va uning konkret sohalari ichki ziddiyatlarini bartaraf qilishda konsensus - kelishuvlarning ahamiyati beqiyosdir. Bu usul jahon xalqlarining milliy totuvlikka, o’zaro hamkorlikka, birlikka, barqarorlikka erishishida muhim ahamiyatga ega bo’lmokda.
Tanqid, o’z-o’zini tanqid ham ziddiyatlarni bartaraf qilishning muhim vositasidir...
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlaru va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” ma’ruzasi chuqur tahlil hamda tanqidiy yondashuv bilan diqqatga sazovordir.
b) Olamning mavjudligi - miqdor va sifat voqeligi tarzida namoyon bo’lib uni falsafaning mikdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi qonuni o’rganadi. Bu qonun taraqqiyot jarayonining xarakterini, eskidan yangiga o’tish yo’li va shakllarini, o’zgarishlar nimadan boshlanib qanday, nima bilan tugashini ko’rsatib beradi. Taraqqiyotning ichki mexanizmini aniqlaydi.
Mikdor va sifat o’zgarishlari birligi narsa va hodisalarning mikdor, sifatlari o’rtasidagi muayyanlikni, mikdorning ortib borishi sifat o’zgarishiga qanday ta’sir ko’rsatishini va boshqa shular bilan bevosita bog’lik bo’lgan masalalarni yoritadi.
Sifat buyum, voqea-hodisalarning muayyanligini-«o’z»ligini ta’minlaydigan, ularga barkarorlik bag’ishlaydigan xususiyat va belgilar yig’indisidir. Sifat buyum va voqealarni boshqalaridan farqlovchi shunday ichki muayyanlikki, uning o’zgarishi boshqa buyum va voqeani yuzaga keltiradi.
Narsa va hodisalarning sifati faqatgina uni boshqa narsa va hodisalardan ajratib turmay, balki uning narsa va hodisalar bilan o’zaro bog’liq, chambarchas aloqada ekanligini ham ko’rsatadi.
Narsa, voqea-hodisalarda ko’p sifatlilik...
Predmet va hodisalarning sifati ularning "xossa"si orqali ifodalangan bo’ladi. Garchi "sifat", "xossa", "xususiyat" kategoriyalari ba’zan bir xil ma’noda ishlatilsa -da, ularning farqini bilmoq kerak.
Sifat buyum va hodisalarning umumiy tomonlarini aks ettirsa, ya’ni mohiyatini ifodalasa, xossa, xususiyat-sifatning tashqi ifodasi, muayyan buyum, hodisaning boshqasiga munosabatidagi sifatdir, uning tomonidir. SHu sababdan ham sifat o’zgarishi eng avvalo xossaning o’zgarishi bilan bog’liq. Sifat - xossalarning butunligi.
Narsalarning hamma xossalari ob’ektiv sharoit bilan bog’liq bo’lib, ma’lum bir paytda konkret bir xossa belgilovchi xarakterga ega bo’ladi. Mas., benzinni olganimizda uning asosiy xususiyati, xossasi yonish xususiyatiga egaligidir, lekin ba’zi paytda bu xususiyat ikkinchi o’ringa tushib qolishi mumkin.
Xossa, xususiyat, belgilar mutloq xarakterga ega bo’lmay, nisbiy, relyativ xarakterga egadir.
Narsa va hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlarning muayyanligiga miqdor deyiladi.
Miqdor bilan sifat o’rtasida umumiy tomon-ob’ektivlik xususiyati borligidan tashqari, ular o’rtasida ayrimalar ham bor. Sifat buyumga aynan teng kelsa, mikdorda bu holatni ko’rmaymiz, miqdor uzoq davrgacha o’z holatini saqlab qola olmaydi. Mas., aytaylik suv nol gradus bilan yuz gradus o’rtasida suyuqlik holatini saqlab qoladi, yuz gradusga isitilsa, bug’ga aylanadi... Sovuq, iliq, issiq suv... Bu holat miqdoriy o’sish yoki kamayishning ham ma’lum chegarasi-me’yor chegarasi borligini ko’rsatadi. V. Gegel miqdorning bu xususiyatiga to’xtalib "Miqdor o’zgarishi sodir bo’layotganida dastlab bu o’zgarish butunlay begunoh bo’lib ko’rinadi, lekin bu o’zgarish yana qandaydir boshqacharoq bir holatni pana qilib turadi, ammo begunoh bo’lib ko’ringan bu mikdor o’zgarishi shunday bir hiyladirki, shu hiyla vositasi bilan sifat o’zgarishi tuzoqqa ilinadi" (Gegel, Asarlar, I- t., 1929 y., 186-bet).
Demak, miqdor, miqdoriy o’zgarishlar sifat bilan, buyum bilan ichki jihatdan aloqador, bu aloqadorlik yashirin xarakterga ega.
Har bir buyum, narsa, voqea, hodisa miqdor va sifat muayyanligidan iborat, bu birlik ularning rivojlanishini ta’minlaydi, me’yor darajasini ko’rsatib turadi. Me’yor narsa va hodisalarning birligini ifodalovchi falsafiy kategoriyadir. Me’yor narsa va hodisaning shunday bir paytini aks ettiradiki, bu chegarada miqdorning o’zgarishi sifat o’zgarishiga olib kelmaydi. Me’yor chegarasining buzilishi ob’ektiv jarayon bo’lib, bu yangi sifatni maydonga keltiradi, yangi sifatning yana mikdoriy o’sishi asosida me’yor chegarasi buzilib, o’rnini yana yangisi egallaydi.
Me’yorning buzilishi, miqdorning o’zgarishi ko’p hollarda taraqqiyot bilan bog’liq bo’ladi.
Miqdorning asta-sekin ortib borishi evolyutsion o’zgarishga olib keladi. Evolyutsion rivojlanish davrida odatda buyum, hodisaning ichki o’zgarishi yuz beradi, ular o’zlarining mohiyatini saqlab qoladilar.
Sakrash-eski sifatning inkor etilishi va yangi sifatning qaror topishi, uzluksizlikning uzilishidir. Sakrash evolyutsion bosqichning tugallanishidir.
Sakrash rivojlanishning eng intensiv shaklidir. Sakrashlar sekin yoki shiddatli bo’lishi mumkin. SHiddatli sakrashning o’ziga xos xususiyati eski sifatning yangi sifatga keskin va qatiy, bir zarb bilan o’rin bo’shatib berishidir. Mas., tabiatda elementar zarralarning, ximiyaviy elementlarning sifatiy o’zgarishi. Jamiyatdagi inqilobiy o’zgarishlar shiddatli sakrashlardir.
Sekin, evolyutsion (tadrijiy) yo’l bilan sakrashda eski sifat elementlari ohista o’lib, yangi sifat elementlarining ko’payishi kuzatiladi. Mas., insonning paydo bo’lishi va rivojlanishi singari murakkab jarayon birdaniga sodir bo’lishi mumkin emas edi.
Evbulidning "Kal", "Uyum" misollari.
Mustaqil O’zbekiston yo’li-tadrijiy rivojlanish yo’li. O’zbekistonning tarixan juda qisqa, atigi 27 yil davomidagi mustaqil rivojlanishi jarayonida tub o’zgarishlar amalga oshirildi.
O’zbekistonning iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim sohalarida tub sifat o’zgarishlari amalga oshirilmoqda. Buning yorqin misoli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning respublika mustaqilligining 26 yilligiga bag’ishlangan marosimdagi nutqida keltirilgan fakt va raqamlardir (Qarang: O’zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. –“Xalq so’zi” gaz-si, 2017-yil 1-sentyabr.).

Download 101.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling