4-mavzu. Fiskal siyosat reja


Iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish


Download 50.02 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi50.02 Kb.
#1583188
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MAVZU. FISKAL SIYOSAT

4.2. Iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari ko‘p va turli xildir. Bular, birinchidan, davlatning ayrim iqtisodiy vazifalari bozor tizimi rivojlanishini yengillashtirish va qoMlab-quvatlash maqsadiga ega. Bunday vazifalar sirasiga quyidagi ikki faoliyatni kiritishimiz mumkin: bozor tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan huquqiy baza va ijtimoiy muhitni ta’minlash raqobatni himoya qilish. Ikkinchi guruh vazifalarini bajarishda davlat bozor tizimi faoliyatini kuchaytiradi va turlaydi. Bu yerda davlatning quyidagi uchta vazifasi asosiy ahamiyatga ega. -daromad va boyliklami qayta taqsimlash; -milliy mahsulot tarkibini o‘zgartirish maqsadida resurslar taqsimotini tartibga solish; -iqtisodiyotni barqarorlashtirish, Ya’ni iqtisodiy konyukturaning egiluvchanligi natijasida paydo bo‘ladigan ishsizlik va inflatsiya darajalarini nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Davlat bozor iqtisodiyotinmg samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun asos bo‘ladigan ayrim xizmatlami va huquqiy bazani ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Huquqiy bazani ta’minlash asosan xususiy korxonalarga xaq-huquqlar berish, xususiy mulkchilikni aniqlash va shartnomalar bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, boshqalarda namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Bu ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib beruvchilami o‘ziga bo‘ysundiradigan yagona kuchdir. Bozor tizimiga bo‘ysunadigan ishlab chiqaruvchilar raqobat natijasida foyda olishni rejalashtiradi. Kimki bu qonunni buzsa, zarar ko‘radi va oqibatda batomom tugatilishi mumkin. Monopoliya raqobat bilan almashinar ekan, sotuvchilar bozorga ta’sir qilishi mumkin yoki o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda narxlami oshirish orqali mamlakatga zarar olib keladi. Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat aholisi oladigan daromadlar va qiladigan xarajatlar o‘rtasida nomutanosibliklar paydo bo‘ladi. Bu kabi muammolami hal qilishda davlat asosiy ahamiyatga ega. Ya’ni, davlat jamiyatdagi daromadlar nomutanosibligini kamaytirish vazifasini bajaradi. Bu vazifalar bir nechta siyosiy tadbirlar va dasturlarda o‘z yechimini topgan. Birinchidan, transfert to‘lovlari orqali yordamga muhtoj, boqimanda, nogiron va ishsizlarni nafaqalar bilan ta’minlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorga aralashuvi orqali daromadlar taqsimlanishini o‘zgartiradi. Fermerlarga kafolatlanadigan baho va minimal ish haqi to‘g‘risidagi qonunchilik davlatning aholi ayrim guruhlari daromadlarini tenglashtirish maqsadida bahoni tartibga solib turishga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari aholidan olinadigan daromad soliqlarining foizlar bo‘yicha tabaqalanishi ham aholining kam ta’minlangan qismini qoilab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan dasturlardan biridir. Iqtisodchilarga bozor faoliyati buzilishining ikki holati ma’lum. Birinchidan, kerak bo‘lmagan tovar va xizmatlami ishlab chiqarishda qanday resurslar boiishidan qat’i nazar, iqtisodiy jihatdan foydaliligini aniq ajratib ko‘rsata olmaydi. Birinchi holatda resurslami tuslanishi yoki qo‘shimcha samaraga, ikkinchidan esa, davlat yoki ijtimoiy manfaatga bogiiq. Oldingi mavzularda ko‘rdikki, raqobatli bozor tizimining qulayliklaridan biri resurslami samarali taqsimlashdan iborat. Boshqacha aytganda, har bir turdagi tovar va xizmatni ishlab chiqarishda resurslar to‘g‘ri yoki maqbul taqsimlanadi. Raqobatli bozordagi resurslaming samarali taqsimlanishida yashirincha ravishda kamchiliklar ham mavjud. Chunonchi, har xil turdagi tovar va xizmatlami ishlab chiqarish yoki iste’mol qilishda qo‘shimcha samara yoki tovlanish bo‘lmaydi, deb hisoblanadi. Tovlanish tovar va xizmatlami ishlab chiqarish yoki is’temol qilish bilan bog‘liq boigan imkoniyat va xarajatlar uchinchi tomonga, ya’ni bevosita sotuvchi yoki sotib oluvchi bo‘lmagan tomonga o‘tadi. Tovlanish, shuningdek, qo‘shimcha samara deb ham yuritiladi. Chunki, u bozor oldi - sotdisida qatnashayotgan individ yoki gumhlar hisobiga to'g'ri keladigan imkoniyat va xarajatlami bildiradi. Tovarlarni ishlab chiqarish yoki iste’mol qilishda uchinchi bir tomondan kutilmagan xarajatlar paydo bo‘lishi tovlanish xarajatlarini anglatadi. Bu xarajatlaming ko‘pgina qismi atrof-muhitning ifloslanishi bilan bogiiq. Davlat xarajatlar tovlanishi natijasida resurslar nomutanosib taqsimlanishining oldini olish uchun qonunlar qabul qiladi, va o‘ziga xos soliqlar joriy etadi. 0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvidan asosiy maqsadi, iqtisodiyotga yangi demokratik usullar bilan rahbarlik qilish, barcha xorijiy mamlakatlar bilan samarali iqtisodiy integratsiyaga o‘tish, ITT yutuqlaridan samarali qo‘llash asosida resurslardan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish va aholining turmush darajasini yuksaltirishdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat mamlakat iqtisodiyotiga bevosita aralashadi. Davlatning mamlakat iqtisodiyotiga aralashuvi makroiqtisodiy siyosat orqali amalga oshiriladi. Bu siyosatga asosan quyidagilami kiritamiz: budjet; pul-kredit; dotatsiya; subvensiya; subsidiya; halq xo‘jaligi balansi; soliq mexanizmi; chegaralangan baholar va boshqalar. Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to‘lovlari) ko‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi.
Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va xizmatlaming davlat xaridi, YAMM ni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlami ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko‘rsatish, narxlar ustidan nazorat o‘matish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‘matish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan choratadbirlar majmuasidan iborat. Avalambor u mamlakatda pul massasini tartibga solishga qaratilgan va uning asosiy vazifasi narxlar va real milliy ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga mos keladigan pul emmisiyasi hisoblanadi. Pul-kredit siyosati deganda to‘liq bandlik sharoitida jami mahsulotlami ishlab chiqarishga inflatsiyani ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirish tushuniladi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tatbiq etadi. Hozirda hamma mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda ochiq bozorda operatsiyalami, ya’ni davlat qimmatli qog‘ozlarini taklif qilish usulidan keng foydalanilmoqda. Ushbu operatsiyalami Markaziy bank asosan nufuzi katta banklar guruhi bilan birgalikda amalga oshiradi. Bozorda Markaziy bank xazina qimmatli qog‘ozlarini sotish yoki xarid qilish yo‘li bilan pul taklifiga ta’sir etadi, ya’ni pul bozorida talab va taklif muvozanatini ta’minlaydi.
Pul bozorida muomalada pul miqdori ortiqchaligini mavjud deb faraz qilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortiqcha pul massasini kamaytirish yoki yo‘q qilishga harakat qiladi. Buning uchun, u ochiq bozorda o‘zining qimmatli qog‘ozlarini aholi va banklarga taklif etadi, ular esa uni xarid qila boshlaydilar. Davlat qimmatli qog‘ozlarining (sotish yoki xarid qilish yo‘li bilan) taklifi oshib borgan sari, uning bahosi pasayadi, 0 ‘z navbatida unga bo‘lgan xarid (ya’ni qimmatli qog‘ozlarni sotib olganlarga foiz shaklida haq toianadi) oshadi, bu esa unga bo‘lgan talabni oshiradi. Banklar va aholi qimmatli qog‘ozlami ko‘prok xarid qila boshlaydilar, pirovard natijada banklaming zaxiralari qisqaradi, o‘z navbatida, bu hoi pul taklifi bank multiplikatoriga teng nisbatda qisqarishiga olib keladi. Bu bank zaxirasi va pul taklifining ortishiga olib keladi. 0 ‘zbekitonda pul-kredit siyosatining quyidagi yo‘nalishlari mavjud: davlat tomonidan pul massasini oldindan bilish, uni doimiy nazorat qilish; Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining operatsiyalarini pul bilan ta’minlash pul muomalasi sohasini nazorat qilishga imkon beradi; kredit va budjet tizimlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar vositasini takomillashtirish, kredit berish, budjet kamomadi sharoitida uni pul chiqarish hisobiga emas, balki davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotish hisobiga qoplash zarur. Bu siyosatning asosiy vositasi, Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan hisob stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining majburiy ravishda Markaziy bankda saqlaydigan zaxira me’yorini o‘zgartirish, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha ochiq bozordagi operatsiyalami yo‘lga qo‘yish va boshqa tadbirlardan iborat. Davlat tomonidan xo‘jaliklarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.

Download 50.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling