4-mavzu. Fiskal siyosat reja


Download 50.02 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi50.02 Kb.
#1583188
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MAVZU. FISKAL SIYOSAT

Dotatsiya -budjet va budjetdan tashqari fondlardan qaytarib olmaslik sharti bilan xo‘jaliklaming zararlarini qoplash, shuningdek, mahalliy budjetlar mutanosibligini ta’minlash uchun ajratilgan pul mablagiaridir.
Subvensiya - qat’i maqsadlar uchun beriladigan dotatsiya turi bo‘lib, foydalanish sharti buzilganda uni qaytarib olish mumkin.
Subsidiyalar - bu pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam turi bo‘lib, budjet va budjetdan tashqari fondlardan ko‘rsatiladi.
Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‘lish mumkin. To‘g‘ri subsidiyalar - kapital qo‘yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlami qayta tayyorlashga ajratilgan mablag‘lar, egri subsidiyalar soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va hokazolardir. Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‘rinishida himoya qiladi.
4.3. Davlatning ilskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari Davlatning fiskal siyosati siklik tebranishlami bir maromga keltirish va yuqori bandlik hamda past inflatsiya sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqqa tortish va davlat xarajatlarini tartibga solishga qaratiladi. Fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi yoki turg‘un tavsifga ega bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati (fiskal ekspansiya) qisqa davrda davlat sarflarini ko‘paytirish, soliqlar stavkalarini pasaytirish yoki bu choralami o‘zaro uyg‘unlashtirish yo‘li bilan siklik tanazzulni yengib o‘tish maqsadida ishchan iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Uzoq davrda soliq stavkalari pasayishi iqtisodiy o‘sish sur’atining barqaror jadallashuvi va iqtisodiy salohiyatning mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin. Davlatning, turg‘un fiskal siyosati qisqa davrda iqtisodiyotning “qizib ketish”ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat xarajatlarini taqozo etib iqtisodiy o‘sish va talab inflatsiyasi sur’atini pasaytirishga imkon beradi.
Davlat fiskal siyosati - bu davlat budjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o’zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi.
Fiskal” lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni bildiradi. Bu o‘z navbatida “xazina siyosati” degan tushunchani ham yuzaga keltiradi. Fiskal, ya’ni xazina siyosatiga insoniyat tarixida o‘tgan yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta e’tibor qilgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan xazinani to‘ldiruvchi soliqlarga tayangan. Fiskal siyosatdan iqtisodiyotni tartibga solish va uning muvozanatligini ta’rainlash dastagi sifatida foydalanish haqidagi fikr ingliz iqtisodchisi D.M.Keynsga mansubdir.82 U iqtisodiyotga davlatning aralashuvi bandlik va milliy daromad hajmiga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydi va bunda davlat fiskal va pul kredit siyosati investitsiyalami rag‘batlantirishda namoyon boiadi, deb ko‘rsatadi. Soliqlami fiskal siyosatning bir qismi sifatida G ‘arb iqtisodiy fanida ko‘rsatib uni rag‘batlantiruvchi va to‘sqinlik qiluvchi dastak sifatida ifodalashga alohida e’tibor qaratadi. “Fiskal siyosatning asosiy maqsadi, - ishsizlik va inflatsiyani yumshatishdan iboratdir. Tanazzul davrida kun tartibida rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ladi. U quyidagilami o‘z ichiga oladi: (1) davlat xarajatlarining ko‘payishi yoki (2) soliqlarning pasayishi, yoxud (1) va (2)ni birga qo‘shib olib borish. Agar iqtisodiyotda ortiqcha talab tufayli paydo bo‘lgan inflatsiya sodir boisa, bunga to‘sqinlik qiluvchi fiskal siyosat mos keladi. Bunday fiskal siyosat quyidagilami o‘z ichiga oladi: (1) hukumat xarajatlarining kamayishi, yoxud (2) soliqlarning ko‘payishi, yoxud (1) va (2)ning birga qo‘shib olib borilishi. Fiskal siyosat bashartida iqtisodiyot oldida inflatsiya ustidan nazorat qilish muammosi turadigan boisa, hukumat budjetining ijobiy qoldig‘iga tayanishi lozim”83. Iqtisodiyotning siklik rivojlanishi va inqirozlami bartaraf etishning asosiy dastagi bu - davlat xarajatlaridir. Keynsning fikricha, uning shakllanishi, tuzilishi va o‘sishi “samarali talab”ga erishishdagi muhim omildir. Fiskal siyosat oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, uning uchta yo‘nalishi, ya’ni iqisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy faoliyatni chegaralash siyosatlami alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan kelib chiqilgandi, fiskal siyosat bandlik darajasini va shu orqali YAIM real hajmini oshirishga qaratiladi. Bunda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatning dastaklari davlat xarajatlarining o‘sishi va soliq stavkalarining pasayishi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi davrda davlatning budjet barqarorligini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy siyosati iqtisodiy inqiroz yoki turg‘unlik davrida budjet taqchilligini bartaraf etish maqsadlariga qaratilishi zarur. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tartibga solish orqali makroiqtisodiy mauvozanatlikni ta’minlab borishga qaratilgan fiskal siyosat bir qator moliyaviy vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan bu barcha moliyaviy vosita va dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy mexanizmini tashkil qiladi. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi va amaliy hayotda fiskal siyosatning ikkita turi ajratiladi:
1. Diskretsion fiskal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat;
2. Nodiskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi siyosat

Download 50.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling