Referat mavzu: soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Bajardi: Baxadirova Nozima
Download 213.77 Kb.
|
byudjet nozima
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERAT MAVZU: SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA AHAMIYATI. Bajardi
- Asosiy qism
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati . Kirish Mavzuning predmeti.
- Mavzuning ob ’ekti.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI SIRTQI TA’LIM Davlat byudjeti va g‘aznachilik tizimi FANIDAN REFERAT MAVZU: SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA AHAMIYATI. Bajardi: Baxadirova Nozima. Qabul qildi: G‘ofurov Olimjon. Toshkent-2022 Mavzu: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Reja: Kirish. Asosiy qism: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va umumiy belgilari . Soliqlarning asosiy elementlari va tamoyillari. Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetida soliqqa tortish tamoyillari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati . Kirish Mavzuning predmeti. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va umumiy belgilari. Soliqlarning asosiy elementlari va tamoyillari. Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetida soliqqa tortish tamoyillari. Mavzuning ob’ekti. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini o’rganish mavzuning asosiy ob’ekti hisoblanadi. Mavzuning maqsadi. Soliqning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo‘ladi. Bularga respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo‘jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu erda davlat kuchli ijtimoiy - siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni ko‘proq mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotini moliyaviy mablag bilan ta'minlaydi va bu O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjeti yetakchi bo‘gindir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy o‘rgani O‘zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta'minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga moliq bo‘lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag bilan ta'minlashga ishlatiladi. Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to‘gri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko‘payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to‘grisida tinmay gamxo‘rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur'atlari to‘g‘ridan-to‘gri mahalliy xo‘jalik zahiralarini safarbar qilish, mablaglarni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bogliq bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida umuman O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish, maorif va sogliqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta'minot sohasidagi tadbirlar mablag bilan ta'minlanadi. Download 213.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling