Referat mavzu: soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Bajardi: Baxadirova Nozima


O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetida soliqlarning funksiyalari va soliqqa tortish tamoyillari


Download 213.77 Kb.
bet9/11
Sana24.03.2023
Hajmi213.77 Kb.
#1290739
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
byudjet nozima

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetida soliqlarning funksiyalari va soliqqa tortish tamoyillari
Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotini moliyaviy mablag bilan ta'minlaydi va bu O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjeti yetakchi bo‘gindir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - O‘zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta'minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga moliq bo‘lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag bilan ta'minlashga ishlatiladi.
Soliqlarning ob’ektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag bilan ta'minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba'zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo‘ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta'minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo‘jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu yerda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni ko‘proq mablag bilan ta'minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta'minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. 
Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to‘gri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko‘payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to‘grisida tinmay gamxo‘rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur'atlari to‘gridan-to‘gri mahalliy xo‘jalik zahiralarini safarbar qilish, mablaglarni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bogliq bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida umuman O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish, maorif va sogliqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta'minot sohasidagi tadbirlar mablag bilan ta'minlanadi.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo‘yicha tegishli byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 7 moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi:
1)mol-mulk solig‘i;
2)yer solig‘i;
3)infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
5) savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari;
6) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im. 
Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab asosan ikki guruhga bo‘linadi:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 6 moddasiga muvofiq umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:
1)yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i; 
2)jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
3)qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
4)aksiz solig‘i; 
5)yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq
6)ekologiyasoligi; 
7) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 
12Soliqqa tortish tamoyillari.


Xulosa
Hozirda mamlakatimiz soliq tizimi oldida bozor munosabatlarini to‘laqonli shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish bilan bir qatorda, davlat byudjetini mablag‘lar bilan ta’minlash hamda ustivor yo‘nalishdagi iqtisodiy faoliyatni soliqlar vositasida qo‘llab-quvvatlashni talab etiladi.Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish bilan birga mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirishda va moliyaviy holatni mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega. Soliqlar faqat davlat byudjetining daromad manbai bo‘lib qolmasdan, ishlab chiqarishni kengaytirish, rivojlantirish, kichik beznesni rivojlantirish hamda bozor infrastrukturasini turli tuzilmalarini shakllantirish uchun ham xizmat kiladi. Bu borada soliq siyosatini erkinlashtirish mazkur sohalarda erishiladigan yutuqlar garovidir. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo‘nalishi sifatida soliq siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Bu borada respublikamizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborga loyiqdir.
Mamlakatimizda soliqlar yig‘ilishini ko‘paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ma’lumotlarning yagona axborot-kommunikatsion tizim bazasini yuritish asosida soliq to‘lovchilarni hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga ko‘rsatilayotgan axborot-maslahat xizmatlari sohasini kengaytirish, soliq sohasida huquq buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ularga zarur imtiyozlar va preferentsiyalar berish yuzasidan takliflar kiritish masalalari O‘zbekiston soliq tizimini yanada modernizatsiyalash jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etmoqdaDavlat soliqlarning ayrim turlarini bekor qilish, yangilarini joriy etish, soliq stavkalari va imtiyozlarini, soliq solish shart-sharoitlarini o‘zgartirish orqali muayyan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish, jamiyat uchun dolzarb muammolarni hal etishga imkoniyatlar yaratadi. Masalan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermer xo‘jaliklarini rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy xom ashyodan iste’mol tovarlari va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun bir qancha soliq imtiyozlari berilgan. Asosiy vositalarga jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash foydaning bir qismini qayta jihozlash va ta’mirlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yo‘naltirib, ular bilan bog‘liq xarajatlarni soliqqa tortiladigan bazadan chegirib tashlash orqali ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va iqtisodiy taraqqiyotga katta ta’sir etib kelinmoqda.
Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda ham muhim rol o‘ynaydi. Qadim zamonlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va jarayonlarni tartibga solishda soliqlardan foydalanib kelingan, hatto davlatchilikning shakllanishida ham soliqlar ma’lum rol o‘ynagan. Chunki davlatchilikning shakllanishi mukammal, barqaror bo‘lmagan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tayangan. Shuning uchun davlat paydo bo‘lishining dastlabki bosqichlarida moliyaviy va iqtisodiy munosabatlarni jonlantirishda davlat hukmdorlari har xil soliq to‘lovlaridan foydalanib, o‘z oldilariga turgan muammolarni yechishga harakat qilishgan.
Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili har bir soliq to‘lovchining davlat xarajatlarini qoplashda o‘zining daromadi, mulki, to‘lash qobiliyatiga qarab ishtirok etishini taqozo etadi.



Download 213.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling