Referat mavzu: soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Bajardi: Baxadirova Nozima
Soliqlar va maxsus soliq rejimlari
Download 213.77 Kb.
|
byudjet nozima
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetida soliqqa tortish tamoyillari.
- Soliq funksiyalari. 15-jadval
5. Soliqlar va maxsus soliq rejimlari. O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq turlari mavjud:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 2) aktsiz solig‘i; 3) foyda solig‘i; 4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 5) er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 7) mol-mulk solig‘i; 8) er solig‘i; 9) ijtimoiy soliq. O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Shuningdek, yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi oliq kodeksida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.10 Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi soliq kodeksi bilan tartibga solinsa, davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi. Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilangan: 1) aylanmadan olinadigan soliq; 2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi; 3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat uchun belgilangan bo‘lib, maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetida soliqqa tortish tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida esa soliqqa tortish tomoyillari o‘rniga soliq qonunchiligi tamoyillari deb atalib, uning besh tamoyili (4-modda) belgilab berilgan. Har bir shaхs Kodeksda belgilangan soliq va to‘lovlarni to‘lashga majburdir, ya`ni soliq to‘lash qonun bilan majbur qilib qo‘yiladi. Аslida majburiylik soliqlarning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadi. Huquqiy shaхslarni soliqqa tortish mulkchilik shaklidan qat’i nazar, jismoniy shaхslar esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaхsiy va ijtimoiy ahvolidan qat`iy nazar qonun oldida tengdirlar. Beligilangan soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston hududida tovarlar (ishlar, хizmatlar) yoki pul mablag‘larini erkin harakatini bevosita yoki bilvosita cheklamaydi yoki soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faoliyatini cheklashga yoki to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Manbalaridan qat’iy nazar, hamma daromadlar majburiy ravishda soliqqa tortiladi. Belgilangan soliq imtiyozlari ijtimoiy adolat tamoyiliga mos kelishi shart. Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘хshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tadbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir. 11 Soliq funksiyalari. 15-jadval Download 213.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling