Referat mavzu: soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Bajardi: Baxadirova Nozima


Soliqlarning asosiy elementlari va tamoyillari


Download 213.77 Kb.
bet3/11
Sana24.03.2023
Hajmi213.77 Kb.
#1290739
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
byudjet nozima

2. Soliqlarning asosiy elementlari va tamoyillari.
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari soliq solishda ifodalanadigan asosiy tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va davlat byudjeti o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to‘liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham huddi shunday soliqqa oid iqtisodiy xodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushuncha hisoblanadi. Soliq elementlari tushunchasi soliq solish tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holatdagi harakatini bildiradi.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliqlar belgilangan deb hisoblanadi.
Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:
1) soliq solish ob’ekti;
2) soliq bazasi;
3) soliq stavkasi;
4) soliq davri;
5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
7) soliqni to‘lash tartibi.
Soliq solish ob’ekti. Soliq solish ob’ektii mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
Har bir soliq belgilanadigan mustaqil soliq solish ob’ektiga ega bo‘ladi.
Soliq bazasi. Soliq bazasi soliq solish ob’ektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi. Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi soliq kodeksi bilan belgilanadi.
Soliq stavkasi. Soliq stavkasi soliq bazasining o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi.
Soliq davri. Soliq davri deganda tugagandan keyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi.

Download 213.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling