4-mavzu. Fiskal siyosat reja


Nodiskretsion fiskal siyosat


Download 50.02 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi50.02 Kb.
#1583188
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MAVZU. FISKAL SIYOSAT

Nodiskretsion fiskal siyosat deyilganda, soliq tizimining mustaqil barqarorlashtiruvchi bir qator layoqatlari, ya’ni uning mamlakatdagi iqtisodiy faollikni qandaydir boshqaruvchi organlaming bevosita aralashuvlarisiz tartibga solish imkoniyatini beruvchi ayrim xususiyatlari tushuniladi.
Diskretsion fiskal siyosat - bu milliy ishlab chiqarish real hajmini o‘zgartirish, bandlik darajasini ushlab birga, davlat xarajatlarini ongli ravishda manipulyatsiya qilish tushuniladi. Diskretsion fiskal siyosatning asosiy dastaklari quyidagilar hisoblanadi: - davlat sarflari bilan bog‘liq boigan ijtimoiy ishlar va boshqa dasturlari; - davlat buyurtma va xaridlari; - davlat investitsiyalari; - transfert yoki qayta taqsimlash turidagi xarajatlami o‘zgartirish; - soliqlarni boshqarish. Shunday qilib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan fiskal siyosat, milliy xo‘jalikda tashkil qilingan soliq tizimining asosiy qoidalariga javob berishi va iqtisodiyotdagi ichki o‘zaro munosabatlami samarali tartibga solishi zarur. Bunda asosiy e’tibor: “...xarajatlaming ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlangan holda Davlat, budjetining barcha miqyoslarida muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlaming daromad qismini mustahkamlashga yo‘naItirilgan budjetlararo munosabatlami takomillashtirish” ga qaratilishi maqsadga muvofiq.
4.4. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror о‘sis hid a davlatning fiskal siyosatining o‘rni. Davlat, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida budjetining barcha miqyoslarida muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlaming daromad qismini mustahkamlashga yo‘naltirilgan fiskal siyosat olib boradi. Budjet kodeksi 2 ta (umumiy va maxsus) qism, 9 ta bo‘lim, 28 ta bob va 192 ta moddadan iborat. Unda bundan oldin amalda bo‘lgan budjet jarayonini tartibga soluvchi “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi va “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonunlar, qonunosti hujjatlari mujassamlashtirilgan. Shu asosda budjet jarayonini tartibga soluvchi ayrim normalar qonun darajasiga ko‘tarildi. Budjet kodeksi butun budjet jarayonini (Davlat budjetini shakllantirish, tasdiqlash, ijro etishni hamda nazoratni ta’minlashni) yagona va yaxlit qonun hujjatida tizimlashtirishni, Davlat budjetini ham, budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalami ham tartibga solishning yagona prinsiplarini qo‘llashni, budjet jarayoni barcha qatnashchilarining vakolatlarini hamda ulaming o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini belgilashni, shuningdek, budjetlararo munosabatlami takomillashtirib, mahalliy budjetlaming daromadlar manbalarini mustahkamlab qo‘yishni, barcha darajalardagi budjetlar o‘rtasida vakolatlami taqsimlashni va ulaming o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi. Budjet kodeksida Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlaming budjet qonunchiligi tajribalari inobatga olingan. Kodeksning har bir moddasi milliy iqtisodiyotimizning o‘ziga xos jihatlari bilan taqqoslab chiqilgan. Budjet tizimi rivojlanishi davrida amaliyotda o‘zini oqlagan, davlat boshqaruvi tizimi islohoti bilan mutanosib ravishda taraqqiy topib borgan va shakllangan me’yoriyhuquqiy bazaning asosi saqlab qolinib, jahonda umume’tirof etilgan budjet tizimi tamoyillari, budjet tasnifi, o‘rta muddatli budjetni rejalashtirish yoki natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish kabi normalar Kodeksda o‘z aksini topdi. Bundan tashqari, budjet vakolatlarining kengaytirilishi orqali nafaqat nazorat organlari, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet mablag‘larini oluvchilar, budjet tashkilotlari hamda budjet mablag'larini taqsimlovchilar vakolatlari ham batafsil yoritib berildi. Budjet kodeksi amaldagi me’yorlami kengaytirish bilan bir qatorda, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish, budjet ijrosi ustidan nazorat va budjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni aks ettiruvchi yangi moddalar bilan ham ahamiyatlidir. Umuman olganda, budjet jarayoni bosqichlari, ya’ni Davlat budjetini tayyorlash, ko‘rib chiqish, tasdiqlash hamda ijro etish, ijro ustidan nazorat va hisobot tayyorlashni amalga oshirish fimksiyalari belgilandi. Budjet kodeksining yana bir muhim jihati shundaki, endi Davlat budjeti va mahalliy budjetlaming asosiy ko‘rsatkichlari ommaviy axborot vositalari hamda Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinib, onlayn rejimida savollar va takliflar berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Xulosa o‘rnida aytganda, Budjet kodeksi respublikamiz budjet tizimini hamda davlat budjetini rejalashtirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, ijro etish, hisob va hisobotini olib borish, nazoratini yuritish hamda uning ochiqligini yanada takomillashtirish, Davlat moliyaviy tizimini boshqarish samaradorligini sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarish imkonini beruvchi yagona me’yoriy hujjat sifatida yurtimiz ravnaqi, halqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi, shubhasiz. 0 ‘zbekiston Respublikasining 2020 -yil 25-dekabrdagi “2021-yil uchun 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi 0 ‘RQ657-son Qonuni mazmuni. Ushbu qonunga muvofiq: 2021-yil uchun 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2022 -2023-yillarga maqsadli moijallar; 2021-yil uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2022 -2023-yillarga budjet mo‘ljallari;
2021-yil uchun 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojiantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2022-2023-yillarga maqsadli mo'ljallar;
2021-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari;
2021-yil uchun respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga va viloyatlaming viloyat budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari; 2021-yil uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi hamda xarajatlari;
2021-yil uchun respublika budjeti daromadlari prognozi;
2021-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘laming cheklangan miqdorlari belgilandi.

Download 50.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling