Muvozanat organlari
Download 34.81 Kb.
|
Muvozanat organlari - odam va koʻpchilik xayvonlarda gavda holatining fazoda oʻzgarishi, Yerning tortish kuchi va tezlanishining organizmga taʼsirini qabul qiladigan organlar. Umurtqasiz hayvonlar (bir hujayralilar, plastinkasimonlar, gʻovaktanlilardan boshqa) Muvozanat organlari statotsistlar, yaʼni eshitish pufakchalaridan iborat. Statotsistlar ichida otolitlar deb ataladigan eshitish toshchalari boʻladi. Statotsistlar tuzilishi va tanada joylanishi bilan bir-biridan farq qiladi. Mas, ssifomeduzalar va gidromeduzalarning statotsistlari soyaboni chetida joylashgan. Qisqichbaqasimonlarning yumaloq xaltachaga oʻxshash Muvozanat organlari moʻylovlari asosida; boshoyokli mol-lyuskalarning yopiq pufakchaga oʻxshash Muvozanat organlari bosh skeleti kapsulasi ichida joylashgan. Hasharotlarda haqiqiy statotsistlar boʻlmaydi. Odamlar va umurtqali hayvonlarning Muvozanat organlari vestibulyar apparatnaya iborat. Odamda muvozanatni saqlashda vestibulyar apparatdan tashqari, teri, muskul-boʻgʻim va koʻrish sezuvchanligi refleksi katta rol oʻynaydi. Shu reflekslar jara-yonida hosil boʻlgan murakkab munosabatlar muvozanatni taʼminlaydi. Eshitish organining tuzilishi. Eshitish havo tebranishlari mexanik energiyasini subyektiv ravishda idrok etishdir. Energiyaning bu shaklini idrok etishga maxsus eshitish organi xizmat qiladi, uch qismdan tashkil topgan: tashqi, oʻrta va ichki quloq. Tashqi quloq. Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi eshitish yoʻlidan iborat. Quloq suprasi bosh yuzasida erkin koʻtarilib turadigan teri burmasi boʻlib, uning asosida elastik togʻay plastinkasi joylashgan. Tashqi eshitish yoʻli katta yoshli odamda 2,5sm gacha uzunlikda, teri bilan qoplangan boʻladi, bu terining xususiyati shuki, unda quloq mumini ishlab chiqarib turadigan bezlar bor. Mum bilan qillar himoya ahamiyatiga ega, chunki tashqi eshitish yoʻlining ichki qismlariga yot jismlar tushib qolishiga yoi qoʻymaydi. Tashqi quloq bilan oʻrta quloq oʻrtasidagi chegarada nogʻora pardasi tortilgan boʻladi. Uning qalinligi 0,1 mm atrofida. Nogʻora pardasi oval shakldagi biriktiruvchi toʻqirna plastninkasi boʻlib, diametri 9 va 11 mm keladi, tashqi tomoni epidermis bilan qoplangandir. Pardaning taxminan oʻrtasi oʻrta quloq ichiga qarab tortilgan, chunki shu joyda uning toʻqimasiga bolgʻacha dastachasining uchi qoʻshilib ketgan boʻladi. Parda elastik boʻlib, eshitish yoii orqali tarqalib boradigan bosim toʻlqiniga qarshilik koʻrsatib turadi. Sekundiga 800-900 marta boʻlib turadigan tebranishlarda nogʻora pardasining qarshiligi hammadan kam boiganligi hamda nogʻora pardasining tebranishlari juda tez soʻnib qoladigan boigani uchun bu parda bosimni nihoyat darajada yaxshi oʻtkazadi va tovush toʻlqini shaklini deyarli buzmaydi. Oʻrta quloq. Oʻrta quloq sigʻimi 0,75 ml keladigan notoʻgʻri shakldagi boʻshligʻidan iborat. Uning tashqi devori nogʻora pardasidir. Oʻrta quloqning eng muhim qismi uchta kichkina suyak: Bolgʻacha dastasi bilan nogʻora pardasiga qoʻshilib ketgan, uning ikkinchi tomoni esa sandon bilan birikkan boʻladi. Sandonning uzun oʻsimtasi oʻz navbatlda uzanginingboshchasi bilan birikadi. Uzangi halqasimon boylam yordamida nogʻora boʻshligʻi ichki devoridajoylash-gan oval darcha (pastki oval teshik) chetiga birikadi va unga tortilgan pardaga taqalib turadi. Nogʻora boʻshligʻining ichki devorida pastki oval teshikdan tashqari chigʻanoqning boshiga olib boruvchi ustki dumaloq teshik (dumaloq darcha) boʻladi (ichki quloqqa qarang). Chigʻanoqda suyuqlik boʻlib, uning oval darcha yaqinida paydo boʻladigan va chigʻanoq yoʻllaridan oʻtib keladigan tebranishlari soʻnmasdan, dumaloq tuynukkacha yetib boradi va uning pardasini oʻrta quloq boʻshligʻiga doʻmbaytirib chiqaradi. Mana shu darcha boʻltnaganida edi, suyuqlik qisilmaydigan boʻlgani uchun tebranishlarning yuzaga kelishi mumkin boimas edi. Nogʻora boʻshligʻi oʻrta devordagi teshik orqali eshitish nayi yordamida halqum boʻshligʻi bilan tutashib turadi. Eshitish nayi-ning uzunligi oʻrtacha 3,5 sm ga, diametri esa 2 mm ga teng. Yutish aktida nay teshigi halqumga ochiladi, bu oʻrta quloqdagi bosimning tashqi atmosfera bosimi bilan baravarlashib qolishiga olib boradi. Mana shu tuzilma nogʻora pardasining ikkala tomonida bir xil havo bosimi boʻlib turishini ta’minlab beradi. Aks holda, pardaning tashqarisi bilan oʻrta quloqning ichkarisidagi bosim farqi katta boʻlganida, masalan, juda qattiq ovoz kelganida, samolyotda koʻtarilganda va boshqa ta’sirlar vaqtida nogʻora pardasi yorilib ketishi mumkin. Ichki quloq. Ichki quloq chakka suyagi piramidasida yotadigan va murakkab tuzilgan kanallardan iborat boʻlgan suyak labirintini oʻz ichiga oladi. Suyak labirintining ichida parda labirint boʻladi, u suyak labirinti shaklini takrorlab boradi. Parda labirintning diametrlari suyak labirinti tegishli boʻlimlarining diametrlariga qaraganda kichikroqdir, shunga koʻra parda labirintning tashqi yuzasi bilan suyak labirintning ichki yuzasi orasida kambar boʻshliq boʻladi, u perilimfa degan suyuqlik bilan toʻlib turadi. Parda labirint tutash boʻshliq va kanallar sistemasidir, u ham suyuqlik bilan endolimfa bilan toʻla boʻladi. Suyak labirint uchta boʻlimdan: dahliz, chigʻanoq va yarim doira kanallardan tashkil topgan. Dahlizi markaziy holatni egallaydi. U orqa tomonda yarim doira kanallar bilan va oldingi tomonda chigʻanoq bilan tutashgan boʻladi. Dahlizning nogʻora boʻshligʻiga qarab turadigan tashqi devorida oval darcha joylashgan. Dahlizda, chigʻanoqning boshlanishiga yaqin joyda dumaloq darcha bor, unga ikkinchi nogʻora pardasi degan parda tortilgandir. Eshitish organiga chigʻanoq kiradi. Chigʻanoq serbar suyak kanalidan iborat boʻlib, u odamda oʻz oʻqi atrofida 2 3/4 marta aylanib oʻtadi. Chigʻanoqning parda kanali ikkita membrana birmuncha yupqa boʻladigan vestibular membrana va birmuncha pishiq hamda elastik boʻladigan asosiy membrana bilan suyak kanaldan ajralib turadi. Mana shu membranalar suyak labirintni uchta tor yoʻlga ustki, oʻrta va pastki yoʻllarga boʻladi. Ustki kanal vestibular zina deb ataladi. U oval darchadan boshlanadi va chigʻanoq uchigacha davom etib boradi, shu joyda teshik orqali nogʻora zinasi deb ataladigan pastki kanal bilan tutashgan boʻladi. Nogʻora zinasi dumaloq darcha sohasida boshlanadi. Mana shu ikkala kanal perilimfa bilan toʻlib turadi va oval hamda dumaloq darchalarning membranalari bilan oʻrta quloqning havoli boʻshligʻidan ajralib turadigan yagona kanalni tashkil etadi. Ustki kanal bilan pastki kanal oʻrtasida oʻrta parda kanali boʻlib, uning boʻshligʻi boshqa kanallar boʻshligʻi bilan tutashmaydi va tarkibi jihatidan perilimfadan farq qiladigan endolimfa bilan toʻlgan boʻladi. Oʻrta kanal ichida, asosiy membranada tovushni idrok etuvchi apparat kortiy organ joylashgandir. U 3-4 qator joylashgan retseptor (qilsimon) hujayralardan iborat. Kortiy organida 24 000 qilsimon hujayra boʻladi, bular chigʻanoq oʻramalarining butun uzunligi boʻylab qator-qator boʻlib turadi. Har bir retseptor hujayra bir uchi bilan asosiy membranaga birikkan, uning ikkinchi qutbi parda kanal boʻshligʻida turadi. Retseptor hujayra qutbining uchida endolimfa yuvilib turadigan tolalar boʻladi (har bir hujayra - 30 tadan 120 tagacha). Bu tolalar qilsimon hujayralar usti qoplama membranaga tutashib, shu membra-naning bir uchi erkin, ikkinchi uchi asosiyga birikkan boʻladi. Tovush tebranishlarini oʻtkazish va idrok etish. Quloq suprasi tovushlarni ushlab olib, tashqi eshitish yoʻliga yoʻnaltiradi. Tovush toʻlqinlari nogʻora pardasining tebranishlariga sabab boʻladi. Bu tebranishlar eshitish suyakchalari bolgʻacha, sandon va uzangiga oʻtadi, oval darcha membranasi orqali esa ustki (vestibular zinadagi) va pastki (nogʻora zinasidagi) kanal perilimfasiga tarqaladi. Ustki kanalni pastkisidan ajratib turadigan vestibular membrana juda yupqa boiganligidan perilimfa tebranishlari oʻrta (pardadagi) kanal endolimfasiga oson oʻtadi. Ana shu tebranishlar kortiy organ joylashgan asosiy membranani harakatga keltiradi. Bunda retseptor hujayralarning tola (qilcha)lari qoplama membranaga tegib, shakli oʻzgaradi va shunga koʻra retseptorlarda qoʻzgʻalish (retseptor potensiali) vujudga keladi. Qoʻzgʻalish retseptor hujayralarida sinapslar hosil qiladigan eshitish nervi tolalariga oʻtadi. Eshitish nervi tolalaridan boradigan impulslar ta’sir qilayotgan tovush toʻlqinlari toʻgʻrisida markaziy nerv sistemasiga axborot yetkazib beradi. Yuqori chiquvchi nerv yoʻllari boʻylab qoʻzgʻalish poʻstloqdagi neyronlarga yetib boradi. Miya poʻstlogʻining eshitish zonasida nerv impulslari eshitish sezgilariga aylanadi. Odam tebranishlarining chastotasi (tezligi) sekundiga 16 martadan 20 000 martagacha tezlikdagi tovushlarni idrok etadi. Bu diapazon 10—11 oktavaga toʻgʻri keladi. Hayvonlarda ustki chegara ancha yuqorida yotadi. Masalan, itda odamga eshitilmaydigan juda yuksak (sekundiga 35 000 marta tebranadigan) tovushlarga shartli reflekslar hosil qilsa boʻladi. Mana shu narsa itni poyloqchilik xizmati uchun juda qimmatli qilib qoʻyadi. Sekundiga 1000 dan 3000 gacha boigan tebranishlar sohasida inson qulogʻi hammadan yuqori sezuvchanlikka ega boʻladi. Ana shu doiralardan yuqori va pastda odam tovushni aniqravshan eshitadigan boiishi uchun tovush kuchi (energiyasi) koʻproq boʻlishi kerak. Kasalliklar vaqtida va kasb-korga xodimlar tanlash uchun quloq oʻtkirligi tovushning chastotasi bilan kuchini idora etishga imkon beradigan tovush generator-audiometrlar yordamida aniqlanadi. Tovushlar oʻzining chastotasi va kuchiga qarab idrok etuvchi retseptor apparat tomonidan qay tariqa kodlanadi degan masala juda mushkul. Hozir past tonlar asosiy membrananing hammasini tebrantirib, unda joylashgan barcha retseptor hujayralarning qoʻzgʻalishiga sabab boʻladi, deb taxmin qilinadi. Shuning uchun tonlar past boʻlganida ularning chastotasi toʻgʻrisidagi axborot eshitish nervi tolalari orqali chastotasi tovush tebranishlarining chastotasi bilan bir xil impul-slar koʻrinishida oʻtkaziladi. Yuqori va oʻrta chastotali tovushlar asosiy membrananing faqat ma’lum qismida tebranishlarni keltirib chiqaradi. Shunga koʻra har bir balandlikdagi tonga faqat muayyan sondagi retseptorlarning qoʻzgʻalishi mos keladiki, nerv tolalari boʻylab markaziy nerv sistemasiga boradigan impulslarning differensirovkasi ham shunga bogiiq boʻladi. Demak, tovushlar-ning fazoviy kodlanishi roʻy beradi. Ba’zi chastotalarda tovush axboroti boshqacha usul bilan ham kodlanishi mumkin deb faraz qilinadi. Eshitish organi tovush ta’sirotlariga adaptatsiyalanishi mumkin. Atrofdagi muhitdan kuchli tovushlar uzoq muddat kelib turadigan boisa, u vaqtda eshitish analizatorining sezuvchanligi pasayadi. Tovush nechogʻli kuchli boʻlsa, adaptatsiya shuncha ifodalangan boʻladi. Shovqin-suron koʻp boʻladigan hozirgi katta shaharlarda va ba’zi korxonalarda ana shunday moslanish hodisasi katta ahamiyatga egadir. MUVOZANAT ORGANI (VESTIBULAR APPARAT) Vestibular apparat tana vaziyatini idrok etish va muvozanatni saqlash organidir. Tana vaziyatining fazodagi har qanday oʻzgarishi va harakati vestibular apparat retseptorlarining ta’sirlanishiga sabab boʻladi, shuning natijasida muskullarning bir-biri bilan kelishib uygʻun holda qisqarishni ta’minlovchi va tananing vaziyatini toʻgʻrilab, muvozanatni saqlab qolishda yordam beruvchi reflekslar yordam beradi. Vestibular apparat suyak labirintining dahlizi va bir-biriga tik boʻlgan uchta tekislikda joylashgan uchta yarim doira kanallarni oʻz ichiga oladi. Ustki yoki oldingi kanal frontaltekislikda, orqa kanal sagittal tekislikda, tashqi kanal esa horizontal tekislikda yotadi. Har bir kanalning bir uchi kengayib kelgan boʻladi va ampulasi deb ataladi. Parda labirint dahliz sohasida ikkita xaltachaga boʻlinadi, bularning biri chigʻanoqqa yaqinroq, ikkinchisi yarim doira kanallarga yaqinroq joylashgan boʻladi. Xaltachalarda murakkab tuzilgan va otolit apparat deb ataladigan apparat turadi. Har bir xaltachada dogʻlar deb ataluvchi doʻmboqchalar bor. Bular retseptor hujayralaming toʻplamidir. Bu hujayralar bir uchi torayib kelgan silindrsimon shaklda boʻladi. Torayib kelgan qismida bitta harakatchan qilcha va 50—80 ta bir-biriga yopishib qolgan harakatlanmaydigan qilchalar bor. Retseptor hujayralaming qilchalari dogʻni qoplab olgan liqildoqsimon tolali massaga botib turadi. Mana shu massada kalsiy karbonatdan iborat boʻlgan, faqat mikroskopdagina koʻrinadigan bir talay kristalchalar boʻladi. Ular otolitlar deb ataladi va otolit qatlami (membranasi)ga toʻplangandir. Mana shu qatlam qilchalarga mexanik bosim koʻrsatadi. Yarim doira parda kanallarning faqat ampulalarida retseptor hujayralar bor, bu yerda ular girralar deb ataladigan toʻplamlarni hosil qiladi. Hujayralaming endolimfa harakatlanganida bukiladigan uzun-uzun qilchalari boʻladi. Vestibular tugunning ichki eshitish yoʻlida joylashgan bipolar neyronlari oʻsimtalari vestibular apparatning retseptor hujayralariga keladi. Bu hujayralaming ikkinchi oʻsimtalari tugundan chiqish vaqtida XIII juft bosh nervlarning vestibular tarmogʻini hosil qiladi. Dahliz va yarim doira kanallarning yemirilishi muvozanat yoʻqolib qolishiga olib keladi. Labirinti yemirilgandan keyin kaptar ucha olmaydi, bir tomonidagi vestibular apparatini ishdan chiqarish dengiz choʻch-qasida tanasini uzunasiga ketgan oʻqi atrofida aylanib yurishiga olib keladi. Barcha yarim doira kanallar yemirilganida hayvonlar dastlabki paytda qanday boimasin biror harakatni qilolmay qoladi. Harakat buzilishlari birmuncha vaqtdan keyin koʻruv hisobiga kompensatsiyalanadi. Tabiiy sharoitlarda vestibular apparat bosh, tana engashtirilganida, tezlashuvchi yoki sekinlashuvchi toʻgʻri chiziqli yoki aylanma harakat-lar paytida, shuningdek silkinish, tebranish va tana vaziyatining fazoda boshqa oʻzgarishlari mahalida qoʻzgʻaladi. Tana vaziyati oʻzgaigan paytda otolitli membrana retseptor hujayralarning qilchalariga bosib, ularni qoʻzgʻatadi, yarim doira kanallarda esa endolimfa harakati tufayli retseptor hujayralar ta’sirlanadi. Hosil boʻladigan signallar tana vaziyati toʻgʻrisida markaziy nerv sistemasiga xabar beradi. Natijada skelet muskullarning tonusi qaytadan taqsimlanib, tana vaziyatini rostlab olish va muvozanatni saqlab qolishni ta’minlaydi. Ba’zi odamlarda vestibular apparat va unga bogʻlangan nerv markazlari ortiqcha qoʻzgʻaluvchan boʻladi. Bunday odamlar kemaga tushib, dengiz chayqaigan mahallarga duch kelganida ularda dengiz kasalligi deb ataladigan patologik holat kelib chiqadi. Bunday holat quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: rangi oqarib, bosh aylanadi, koʻngil ayniydi, nafas tezlashib, arterial bosim pasayadi, yurak qisqarishlari awaliga tezlashadi, keyin sekinlashib qoladi, odam qusadi, ogʻir hollarda markaziy nerv sistemasi juda susayib qoladi. Parvozlar vaqtida, avtomashina, poyezdda ketilayotgan paytlarda ham dengiz kasalligiga oʻxshagan holat kuzatiladi. Vestibular apparat qoʻzgʻaluvchanligining ortiqcha boʻlib sezilarli vegetativ hodisalarga olib borishi dengiz floti, aviatsiya va transportda ishlash uchun monelik qilishi mumkin. Maxsus mashqlar yoʻli bilan vestibular apparatning ta’sirotlarga chidamini kuchaytirish mumkin. Fazoda moʻljal olish va muvozanatni saqlab qolish yolgʻiz vestibular apparat yordami bilangina yuzaga chiqmaydi. Koʻruv, proprioretseptor-lardan hamda teridagi sezuvchi apparatlardan keladigan signallar katta ahamiyatga ega. Chunonchi, vestibular apparat zararlanganida odamlar oʻz tanasining fazodagi holatini yaxshi biladi, muvozanatni saqlab qoladi, murakkab harakatlarni bajara oladi. Odam tanasining vaziyatini koʻzi yordamida hammadan yaxshi bilib olishi mumkin. Biroq, koʻzini yumib turganida ham u muvozanatni saqlab qoladi, tanasi va ayrim tana qismlarining vaziyatini aniqlay oladi, uygʻun harakatlar qila oladi. Bu shuning uchun mumkin boʻladiki, muskullar taranglashganda, paylar tortilganida qoʻzgʻaladigan proprioretseptorlardan, shuningdek teri ta-ranglashganida undagi retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga tinmay signallar kelib turadi. Mana shu signallar bilan vestibular apparat signallarini bosh miya poʻstlogʻida birlashtirish muvozanatni saqlab qolishni va tana fazoda juda xilma xil vaziyatlarda boʻlganida uygʻunlashgan murakkab harakatlar qilishni ta’minlaydi. Download 34.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling