4-Mavzu: G’isht-tosh terish ishlari uchun qurilish qorishmalari
yoyiluvchanligini va markasini aniqlash
1. G’isht-tosh terish ishlari uchun qurilish qorishmalari yoyiluvchanligi.
Qorishma
aralashmasining yoyiluvchanligi deb uni tosh yuzasi bo’ylab
yupqa
qatlam bo’lib oson yoyilishi va asosdagi barcha notekisliklarni to’ldirish
xususiyatiga aytiladi. Qorishma aralashmasining suruluvchanlik
darajasi uchining
burchagi 30
0
va balandligi 15 sm li massasi 300
gr standart konus yordamida
aniqlanadi. Konus uchi bilan qorishma aralashmasiga botiriladi. Uning bo’rtish
chuqurligi qancha katta bo’lsa, qorishma arashmasining suriluvchanligi shunchalik
yuqori bo’ldi. Suriluvchanlik ko’rsatkichi sifatida konusni botish chuqurligi qabul
qilinadi.
Qorishma aralashmasining suriluvchanligini
aniqlash uchun standart
konus.
1-konusli siljiydigan sterjen 2-bo’linmali chizg’ich 3-shtativ 4-qorishma
aralashmali idish
2. G’isht-tosh terish ishlari uchun qurilish qorishmalari markasini aniqlash.
Qorishma mustaxkamligi uning markasi bilan xarakterlanadi.
Qorishma
markasi 70.7x70.7x70.7 mm o’lchamli kublar yoki 40х40х160 mm o’lchamli
to’sinchalar ko’rinishidagi namunalarning siqilishga
mustahkamlik chegarasi
bo’yicha belginadi. Bir partiya namunalar tagi yo’q qoliplarda (g’isht ustiga)
tayyorlanadi. Bir partiyasi to’la yig’ilgan qoliplarda tayyorlanadi.
Namunalar
qorishma aralashmasi 15-25
0
С da 28 kun qotgandan keyin sinaladi.
Qurilish
qorishmalari
uchun
quyidagi
markalar
nazarda
tutilgan:4,10,25,50,75,100,150,200 ва 300.