Amaliy mashgʻulot. № Titrimetrik analiz metodlarining sinflanishi. Standart eritmalar. Kislota asoslarni aniqlash


Download 304.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.05.2023
Hajmi304.95 Kb.
#1418678
  1   2   3
Bog'liq
Amaliy mashgʻulot 6



Amaliy mashgʻulot. № 6.
Titrimetrik analiz metodlarining sinflanishi. Standart eritmalar. Kislota 
asoslarni aniqlash. 
Miqdoriy analizda aniqlanadigan modda miqdorini aniqlash uchun sarf 
boʻladigan moddaning konsentratsiyasi aniq boʻlgan modda eritmasi hajmini 
oʻlchashga asoslangan usuliga hajmiy (titrimetrik) analiz usuli deb aytiladi. 
Aniqlanadigan A modda eritmasiga oz-ozdan konsentratsiyasi aniq boʻlgan 
В modda eritmasi qoʻshiladi. Bunda В moddadan modda miqdoriga aniqlovchi 
modda miqdori ekvivalent boʻlgan holat ekvivalent nuqta deb ataladi. Ekvivalent 
nuqta maxsus asboblar yoki indikatorlar yordamida aniqlanadi. Indikator rangining 
oʻzgarish holatiga titrlashning oxirgi nuqtasi deyiladi. Konsentratsiyasi yoki titri 
aniq boʻlgan eritma standart ( titrlangan ) eritma yoki titrant deb aytiladi. 
Standart eritmaning konsentratsiyasi, odatda, grammning millilitrga nisbati (g/ml) 
yoki (normallik) gramm-ekvivalent/litr birligida ifodalanadi. Aniqlanadigan modda 
eritmasiga sekinlik bilan titrantni qoʻshish jarayoni titrlash deyiladi. 
Titrimetrik analiz usullari. Analiz qilinadigan modda miqdorini aniqlashda 
boradigan asosiy reaksiyalaming turlariga qarab, hajmiy analiz usullari 
quyidagilarga boʻlinadi: 
• neytrallash yoki kislota-asosli titrlash; 
• oksidlanish-qaytarilish usullari (oksidimetriya); 
• choʻktirish va kompleks hosil qilish usullari (kompleksonometriya) ga boʻlinadi. 
Titrlashni bajarilishiga koʻra quyidagi usullarga boʻlish mumkin: 
• toʻgʻri titrlash, bu usulda aniqlanayotgan modda bilan aniqlovchi modda (reaktiv) 
oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri kimyoviy reaksiya boradi; 
• teskari titrlash — aniqlanayotgan modda eritmasiga muayyan ortiqcha (ammo 
aniq oʻlchangan) miqdordagi standart moddaning ma’lum konsentratsiyali eritmasi 


qoʻshiladi va bu standart moddaning ortiqcha miqdori boshqa standart eritma bilan 
titrlanadi; 
• « oʻrin bosar » ni titrlash — aniqlanayotgan modda va biror aniqlovchi modda 
oʻrtasidagi reaksiya mahsuloti standart eritma bilan titrlanadi. 
Konsentratsiyasi (titri) ma’lum boʻlgan eritmalar titrlangan, titrant yoki 
standart eritmalar deyiladi. Ular quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
— modda kimyoviy toza boʻlishi; 
— moddaning tarkibi uning formulasiga toʻla mos kelishi; 
— modda quruq holda saqlanganda ham, eritma holda saqlanganda ham barqaror 
boʻlishi; 
— moddaning gramm-ekvivalent qiymati mumkin qadar katta boʻlishi kerak, 
chunki bu eritmaning titrini aniq topishga imkon beradi. Qayd etilgan talablarga 
javob beradigan moddalar titrlangan yoki boshlangʻich moddalar deyiladi, chunki 
ulardan foydalanib qolgan boshqa moddalarning titri aniqlanadi.
Boshlangʻich moddalar quyidagi usullar bilan tayyorlanadi: 

Download 304.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling